So’nggi yangiliklar

08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   4 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  17 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   13 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  7 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3

Aziz Ibragimov: “Eronda zerikib qoldim” Yangiliklar

Aziz Ibragimov: “Eronda zerikib qoldim”

O'zbekistonlik iqtidorli futbolchi Aziz Ibragimov faoliyatining aksariyat qismini xorij klublarida o'tkazib kelayotganidan xabaringiz bor.

Eronning “Mashinasozi” jamoasida yarim mavsum o'ynagan yarim himoyachi uchun faoliyatida endi yangi sahifa ochildi. Ibragimov Latviyaning “Spartak” klubidan tushgan taklifga rozilik berdi. SHunday qilib, hamyurtimiz Yurmala shahri jamoasi hisoblangan “Spartak” sharafini himoya qiladi. SHu bois Ibragimov bilan bog'lanib intervyu oldik.


-  Azizbek, Latviyaning “Spartak” jamoasidan tushgan taklif aslida qanday sodir bo'ldi? siz bunday chaqiruvga tayyormidingiz?

-  Bungacha Eron jamoasiga agentlar yordamida o'tgandim. Xuddi shuningdek, “Spartak” jamoasiga o'tishim ham xuddi o'sha agentlar orqali xal bo'ldi. biz muzokaralarni o'tkazdik, ularga o'yinlarimning videolarini yubordim. SHundan keyin shart-sharoitlar haqida gaplashdik va shundan so'ng rasman “Spartak” azosiga aylandim.

-  Demak, o'tish sizni qoniqtirgan.

-  Ha, meni qoniqtirdi. Ularga ham o'yinlarim maqul kelgani uchun shartnoma imzoladik.Eron ham kuchli chempionat edi va u erdagi o'yinlarim “Spartak” vakillariga manzur bo'ldi.


-  Umuman, “Spartak” varianti siz uchun syurpriz bo'ldimi?

-  To'g'risi, syurprizlarni yoqtirmayman. “Spartak” Latviya chempionatida birinchi o'rinda boryapti. Jamoada Jamoa Evropa ligasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. 12 iyul kuni Qozog'istonning “Astana” jamoasiga qarshi dastlabki o'yinni o'tkazdik. Bilasizmi, menda bunday imkoniyat paydo bo'lganidan juda ham xursandman. O'ylaymanki, yangi jamoa rahbarlari, murabbiylar va muxlislar oldida o'zimni ko'rsatib, ishonchni oqlay olaman.

-  Oxirgi klubingiz Eronning “Mashinasozi”si edi va u erda yarim mavsum to'p tepdingiz. Ayting-chi, Erondagi faoliyatingiz o'zingizga manzur bo'ldimi?

-  Rostini aytsam, Eron chempionatini bunchalik kuchli deb o'ylamagandim. To'g'ri, u erda yaxshi jamoalar borligi va chempionatning saviyasi ham yuqoriligini bilardim. Lekin tan olaman, bu qadar kuchli ekanligini bilmagandim. U erdagi faoliyatim o'zim uchun tajriba maktabi bo'ldi.

-  Eronga aslida yarim mavsum uchun borganmidingiz?

-  To'g'risi, Eron chempionatida qolishim ham mumkin edi. Bir oy ichida u erdan bir qator takliflar keldi. Lekin Eronda yarim yil faoliyat olib borib, zerikib qoldim desam ham bo'ladi. O'zi meni u erda hamma narsa qoniqtirardi, faqat bir o'zim zerikib qolardim. Mana shu paytda Latviyaning “Spartak” jamoasidan taklif bo'lganidan juda ham xursand bo'ldim. Yurmala shahri ham ajoyib ekan. Doim taklifni qabul qilayotganimda u erdagi yashash va ishlash sharoitlari bilan ham yaqindan tanishib chiqaman.


Firdavsxon suhbatlashdi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика