Aziz Hoshimov Qarshida murabbiylik kurslarini o'tkazmoqda
27 may 2017 09:21
Yangiliklar
Aziz Hoshimov Qarshida murabbiylik kurslarini o'tkazmoqda
OFK istruktori Aziz Hoshimov Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida futbol murabbiylari uchun o'quv kurslarini o'tkazmoqda.
Mazkur o'quv –seminar mashg'ulotlari Qarshining “Nasaf” futbol maktabida va Qarshi olimpiya zahiralari kolleji binosida olib borilmoqda.
24-28 maygacha bo'lib o'tadigan seminarlar “S” licenziyalariga ega bo'lgan va licenziyalari muddati yakunlangan murabbiylarga ularni yangilab olishlari uchun tashkil etildi.
Ushbu o'quv kursida viloyatdagi PFK va BO'FM, BO'SMlardagi, murabbiylar tahsil olishmoqda.
O'quv kurslarida jami 30 dan ortiq murabbiy ishtirok etmoqda.
Faxriddin CHoriev.
Fikrlar