"International Champions Cup"da Manchester derbisi bo'lib o'tdi. Lukaku o'zining navbatdagi golini urdi (foto+video)
21 iyu 2017 11:25
Yangiliklar
"International Champions Cup"da Manchester derbisi bo'lib o'tdi. Lukaku o'zining navbatdagi golini urdi (foto+video)
Uchrashuvda 2 ta gol urildi. Ikkala gol ham birinchi bo'limda amalga oshdi. 37-daqiqada Romelu Lukaku hisobni ochgan bo'lsa, 39-daqiqada Markus Rashford hisobni 2:0ga etkazdi.
"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" 0:2
Gollar: 0:1 – Lukaku (37), 0:2 – Reshford (39).
"MANCHESTER SITI": Ederson, Adarabiyo (Otamendi, 46) Kompani (Stounz, 46), Fernandino, Uoker, Ture (Mangalya, 46), Foden (Zinchenko, 75), de Bryuyne (Nasri, 46), Sterling (Sane, 46), Aguero (Jezus, 46), Roberts (Dias, 46).
"MANCHESTER YUNAYTED": De Xea (Romero, 46), Valensiya (Fosu-Mensa, 77), Lindelef (Djons, 46) Smolling (Bayi, 46), Blind (Darmian, 46), Errera (Kerrik, 63), Pogba, Reshford (Marsyal, 63), Mxitaryan (Fellayni, 63), Lingard (Pereyra, 77), Lukaku.
Uchrashuvda kiritilgan gollarni tomosha qiling: TELEGRAMBahsda to'pni birinchi bo'lib amerikalik xonanda Dreyk tepib berdi
O'yin boshlanishidan avval ishqibozlar telefon chiroqlari yordamida go'zal manzara hosil qilishdi
"SHaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola mag'lubiyatdan uyalib qoldi
Joze Mourino esa bu g'alabani oddiy qabul qildi
O'yin yakunlanishi bilan maydonga muxlis tushib keldi
Biroq "buzoqning yugurgani somonxonagacha"
Fikrlar