So’nggi yangiliklar

19:00Футзал. Ўзбекистон - Вьетнам (матнли трансляция)  13 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  2 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  1 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   1 17:10«Сити»нинг икки асосий футболчиси «Брайтон»га қарши майдонга тушмаслиги мумкин  2 16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  3 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  20 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  1 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  6 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  3 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  4 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  11 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  16 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0

APL. Manchester qizilmi yoki ko'k? Bugungi derbi prevyusi Yangiliklar

APL. Manchester qizilmi yoki ko'k? Bugungi derbi prevyusi

Bugun Angliyada 26-turning qoldirilgan uchrashuvi o'tkaziladi.

Unda Manchester shahrining ikki klubi o'zaro bellashadi. Quyida Manchester derbisiga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 26-tur uchrashuvi
"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted"

27.04.2017, 23:55
"Etixad stedium"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

Bugun butun dunyodagi barcha futbol ishqibozlarining diqqati Manchester shahriga qaratiladi. "Etixad stedium"da Manchester derbisi bo'lib o'tadi. Jahon futbolida bugungi eng asosiy to'qnashuv yarim tunda start oladi. Pep Gvardiola va Joze Mourino to'qnashuvi bir necha yillar oldin Ispaniyada hammaning etiborida bo'lardi, hozir esa ular Angliyada bir-birlariga qarshi chiqishmoqda.

Bir qarashda, bu jamoalar chempionlik uchun kurashda maydonga tushishlari kerakdek. Lekin, joriy mavsumdagi turli sabablarga ko'ra, Manchester shahrining ikki klubi to'rttalikka kirish uchun bellashishadi. Evrokuboklar va jiddiy jarohatlarsiz yurishini davom ettirayotgan "CHelsi" chempionlik uchun juda yaqin kelib qolgan bo'lsa, ayni paytda Angliyada eng yaxshi formada bo'lgan "Tottenxem" hamshaharlarini quvib etishga urinishmoqda. "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalari esa TOP-4ga kirish uchun o'zaro kurash olib borishmoqda.

Jamoalar bugun katta ehtimol bilan 4-2-3-1 sxemasida maydonga tushishadi. Har ikkala jamoa tarkibida yo'qotishlar bor, ayniqsa MYUda bu jiddiy muammo. "SHaharliklar" tarkibida Ilkay Gyundogan va David Silvalarning maydonga tushish ehtimoli nolga teng. Gabriel Jezus esa jarohatdan forig' bo'ldi, lekin jismoniy holati talabga javob bermaydi. SHuningdek, Bakari Sanya va Jon Stounzlarning o'ynashi ham so'roq ostida. Himoyadagi muammolar jamoa sardori Kompani safga qaytgach biroz kamaygandek ko'rinmoqda. Belgiyalik qoya himoyani metin qilishda eng asosiy rolni o'ynaydi. O'ng qanot himoyasida ham oxirgi bahslarda Xesus Navas o'ynamoqda. Tayanch yarim himoyasida Fernandino va Yaya Turelar o'ynaydi. "Siti"ning hujum chizig'i juda ham xavfli. O'ng qanotda Sterling, chapda Sane, hujumchi ortida De Bryuyne, hujumda esa Aguero. Bu hujumkor to'rtlik istalgan himoya qo'rg'oniga muammolarni qalashtirib tashlashi mumkin. Sterling va Sanening tezkorligi va driblinglari, De Bryuynening zargarona paslari va zarbalari, Agueroning raqib jarima maydonchasidagi mohirligi Gvardiola jamoasining asosiy ustuni bo'ladi.

"Manchester Yunayted" mavsumning hal qiluvchi pallasiga kelib uchta markaziy himoyachisini yo'qotdi. Roxo uzoq muddatga safdan chiqqan bo'lsa, Kris Smolling va Fil Jons mavsumning oxiriga borib tiklanishlari mumkin. Zlatan Ibragimovich uchun ham mavsum tugadi. Mata va Pogbada ham jarohat bor va ular ham bugun maydonga tusha olishmaydi. Ko'rib turganingizdek, "Yunayted" asosiy tarkibning deyarli yarmini yo'qotgan. Lekin, jamoa o'yindan-o'yinga yaxshiroq o'yin namoyish etib bormoqda. APLda 23ta turdan beri mag'lubiyat nimaligini bilishmayapti. Oxirgi ikki turda esa "CHelsi" va "Bernli" De Xea darvozasiga aniq zarba ham yo'llay olmadi. "Qizil iblislar"da bugun markaziy himoyada Bayi va Blind juftligini ko'ramiz. O'ng qanotda yana Antonio Valensiyani ko'rsish ehtimolimiz yuqori. Tayanchda Fellayni va Errera o'ynasa, hujum to'rtligi Lingard, Yang, Mxitaryan va Reshford bo'lsa kerak. SHuningdek, Runi va Marsyallar ham maydonga tushishi mumkin. Reshford "CHelsi" bilan o'yinda bir o'zi raqib himoyachilarini yugurtirib yurganini hisobga olsak, bugun Kompani va Otamendilarga oson bo'lmaydi. Markus o'tgan mavsum "Siti" himoyasini qay tarzda dog'da qoldirib gol urgani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak.

Bugun muxlislarga shiddatli va hujumkor futbol taklif etiladi. Manchester derbisini o'tkazib yubormang.



Qiziq:

- Bu jamoalar o'zaro payshanba kuni o'ynagan oxirgi bahs (1994 yil, noyabr)da MYU 5:0 hisobida g'alaba qozongan;
- Agar bugun "qizil iblislar" yutqazishmasa, bir mavsum davomidagi mag'lubiyatsiz seriyalarini takrorlashadi (2010-2011 yilgi mavsumda ketma-ket 24ta mag'lubiyatsiz o'yin);
- Pep Gvardiola Sven-Yoran Eriksson va Manuel Pellegrinilardan keyin debyut mavsumda har ikkala derbini yutgan uchinchi murabbiyga aylanishi mumkin;
- Serxio Aguero bugun gol ursa, APLda ketma-ket oltinchi o'yinda o'z hisobiga gol yozib qo'ygan bo'ladi va o'z rekordini takrorlaydi;
- Ueyn Runi Manchester derbisida gol urish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Runi hozirgacha "shaharliklar" darvozasiga 11 bor yo'l topa olgan.



Taxminiy tarkiblar:

"Manchester Siti":
Bravo, Navas, Otamendi, Kompani, Klishi, Ture, Fernandino, Sterling, De Bryuyne, Sane, Aguero.

"Manchester Yunayted": De Xea, Valensiya, Bayi, Blind, Darmian, Errera, Fellayni, Lingard, Yang, Mxitaryan, Reshford.

O'ynamaydi: Gyundogan, Silva - Smolling, Jons, Mata, Roxo, Ibragimovich, Pogba.
So'roq ostida: Jezus, Fernandino, Sanya, Stounz - Valensiya, Errera.



Murabbiylar fikrlari:

Pep Gvardiola ("Manchester Siti"):
"Yunayted oxirgi o'yinlarni Ibragimovichsiz o'tkazishayapti, lekin jamoa murabbiyi istagandek o'ynashda davom etmoqda. Ibra - ajoyib hujumchi, lekin raqiblarimizda Lingard, Reshford va Yang kabi himoyani yorib kira oladigan o'yinchilar ham bor".

Joze Mourino ("Manchester Yunayted"): "Siti mavsum oxirigacha haftasiga bittadan o'yin o'tkazadi, bizni esa Evropa ligasi yarim finalidan o'rin olgan juda muhim o'yinlar kutib turibdi. SHu sabab bizga qiyinroq. Biz uchun ECHLga chiqishga hali ham ikkita eshik ochiq turibdi".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика