Zuma: "CHelsi" safida o'zimning ikkinchi golimni urganimdan baxtliman"
05 jan 2015 17:19
Yangiliklar


Zuma: "CHelsi" safida o'zimning ikkinchi golimni urganimdan baxtliman"
"CHelsi" himoyachisi Kurt Zuma "Uotford"ga qarshi Angliya Kubogi 1/32 final uchrashuvida (3:0) o'zining va jamoasining harakatlaridan ko'ngli to'lgani haqida takidladi.
"Juda baxtliman, chunki "CHelsi" safida o'zimning ikkinchi golimni urdim va darvozamiz to'rini quruq saqlab qoldiq. Men himoyada o'ynayman va xar bir himoyachi uchun gol qo'yib yubormaslik katta ahamiyatga ega.
Uchrashuvning birinchi bo'limi biz uchun juda omadli bo'lmadi, o'yinni rejalashtirganmizdek asta-sekinlik bilan boshladik. Ammo ikkinchi taymda yaxshi harakat qildik va 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldik, shu sababli ishlashda davom etishimiz kerak" - deydi Zuma.

Fikrlar