So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  28 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  39 21:59Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  0 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  1 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  7 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  16

"Zomin" - "Yozyovon" uchrashuvi oldidan Yangiliklar

"Zomin" - "Yozyovon" uchrashuvi oldidan

Teglar :  ZominYozyovon
PRO-liganing 12-turida “Zomin” klubi o'z muxlislari qarshisida “Yozyovon” klubini qabul qiladi.

Ushbu mavsumda jamoalar o'rtasida o'tkazilgan dastlabki uchrashuvga “Yozyovon” mezbonlik qilgan. PRO-Liga 7-turida o'tkazilgan  uchrashuvning 11-daqiqasida Zohidbek Ismoilov tomonidan kiritilgan yagona gol tufayli “Yozyovon” jamoasi kichik hisobda g'alaba qozongan edi.

Joriy mavsumda har ikki jamoa ko'rsatayotgan o'yin ko'pchilikda qiziqish uyg'otdi. Sababi ushbu jamoalar ishtirokida o'tkazilayotgan har bir uchrashuv keskin kurshlarga boy tarzda o'tmoqda. PRO-Liga 11-turida “Yozyovon” o'z maydonida “G'ijduvon”ni 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, “Zomin” safarda “Xotira 79” klubi mehmoni bo'lib, xuddi shunday hisobda mag'lub bo'ldi.

Biz qiziqarli o'tishi kutilayotgan “Zomin” - “Yozyovon” uchrashuvi oldidan mehmon jamoa sardori, jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuvda kiritilgan yagona gol muallifi Zohidbek Ismoilov fikrlari bilan qiziqdik.

“Zomin” juda yaxshi shakllangan, ilgarigi “Birinchi liga” bahslarida ko'p uchrashuvlar o'tkazgan tajribali jamoa hisoblanadi. Ushbu mavsumda ham “Zomin” jamoasi PRO-Liga bahslarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Biz “Zomin”ga qarshi safarga ochko ulashish uchun bormayapmiz, albatta maydonga g'alaba uchun tushamiz. Bu yilgi mavsumda “Zomin”jamoasi bilan o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda biz g'alaba qozongandik. Nasib qilsa ushbu uchrashuvdan keyin yaxshi kayfiyat bilan uyga qaytamiz", - deydi Zohidbek Ismoilov. 
 

PRO-Liga. 12-tur.
“Zomin”- “Yozyovon lochinlari”.
Hakamlar
: R.Lutfullin, A.Abdullaev, F.Yo'ldoshev.
Nazoratchi: A.Tambovcev.
Komissar: M.Saidqosimov.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv 3-iyun, yakshanba kuni “Zomin” o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti soat 17:30ga belgilangan.

Bekzod TOLIBOV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика