Zomin PFKga texnik mag'lubiyat yozildi
10 okt 2014 20:36
Yangiliklar
Zomin PFKga texnik mag'lubiyat yozildi
O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 12-turi doirasidagi Istiqlolga qarshi uchrashuvda to'rtta sariq kartochkasi bo'lgan va 12-tur doirasidagi Zomin – Istiqlol uchrashuvini o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan hujumchi Doniyor Ismoilovni o'z tarkibida maydonga tushirgani uchun, Zomin PFKga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi.
O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (4-modda, 4.27-band)ini buzgani uchun, O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 12-tur doirasidagi Zomin – Istiqlol urchashuvida Zomin PFKga texnik mag'lubiyat (-:+), Istiqlol PFK hisobiga esa texnik g'alaba (+:-) hamda mos ravishda musobaqa jadvalida 3 ochko yozildi.
Ushbu uchrashuvdagi gollar bekor qilindi, ogohlantirish va chetlatishlar o'z kuchini saqlab qoldi. Doniyor Ismoilov amaldagi eng yaqin uchrashuvni o'tkazib yuborishi kerak.
Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 5.22-bandi)ga asosan Zomin PFKga jarima solindi.
Fikrlar