Zoir To'raqulov: “SHo'rtan” 7 yanvardan yig'iladi”
02 jan 2014 21:00
Yangiliklar

Zoir To'raqulov: “SHo'rtan” 7 yanvardan yig'iladi”
Malumki G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi bu yil oliy ligada emas balki birinchi ligada ishtirok etadi.
Jamoaning keyingi taqdiri qanday kechadi? Rejalar qanday? Bu kabi savollarga javob olish maqsadida jamoa murabbiyi Zoir To'raqulovga murojaat qildik.
- Rejaga ko'ra, 7 yanvardan G'uzorda yig'ilamiz - deydi Z.To'raqulov. - Bu borada futbolchilarga qo'ng'iroq qilib, ogohlantirish bermoqdamiz. O'zini oliy liga klubdi sinab qo'rmoqchi bo'lganlar esa ketmoqda.
- Ochig'ini aytganda, jamoaning ertangi kuni qanday kechishini ayta olmayman. CHunki hozircha hech narsa aniq emas. Rahbariyat 7 kuni yig'ilishimizni aytgan. SHu kuni yig'ilish bo'ladi va rejalar oshkor etiladi. Tahminan 10 yanvarga borib ko'p narsa hal bo'lsa kerak.
- Jamoada qolamanmi yoki yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi. Agarda rahbariyat qolishimni istasa muzokara o'tkazamiz. O'zimga qolsa, bu yil “SHo'rtan”da hammasini boshidan boshlamoqchiman.
- Oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilsa, buni uddalashga ishonaman. O'tgan yili yoshlar jamoamiz safida o'zini ko'rsata olgan bir qator yoshlar bor. Ularni oldiga 2-3 ta mahoratli o'yinchilardan ko'shgan xolda, kurashchan jamoa tuza olamiz deb o'ylayman. Yuqorida aytib o'tganimdek, hammasini noldan boshlamoqchiman. Buning uchun oldin rahbariyat bilan gaplashib olishimiz kerak.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar