So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Zoir To'raqulov: “Raqib xatolarimizdan unumli foydalandi” Yangiliklar

Zoir To'raqulov: “Raqib xatolarimizdan unumli foydalandi”

“SHo'rtan” - “Qizilqum” jamoalari (1:3) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Zoir To'raqulov jurnalistlar savollariga javob berdi.


-Oxirgi turda safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi qiyin o'yinni o'tkazganimiz bugun o'zining salbiy tasirini ko'rsatdi, - deya so'z boshladi Zoir To'raqulov. - O'z maydonimizda o'ynashimizga qaramay, bugun jamoamizning o'yini chiqmadi.

-Oxirgi ikki uchrashuvda mag'lubiyatga uchragani ham “Qizilqum”ni bugun jamoamizga qarshi ikki baravar kuch bilan maydonga tushishga undagan bo'lsa ajabmas. Uchrashuvni yomon boshlamadik. Hatto, tezkor gol ham kiritdik. Odatda, bunaqa vaziyat jamoaga kuch bag'ishlashi, g'alabaga undashi lozim. Ammo bugun buning aksini ko'rdik, ochig'i, raqibimiz bunga imkon bermadi.

-Jamoamizda ichki muhit yomon, deya olmayman. Futbolchilarimizni o'zlarini ko'rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar etarli. Bugungi mag'lubiyatni qanday izohlashga ham hayronman. Qolaversa, futbolda omad ham ko'p narsani belgilaydi. Buxoroda ham naqd g'alabani qo'ldan chiqazgandik. Himoya chizig'imizda muammolar yo'q emas, albatta. Bugun raqibimiz aynan himoyada yo'l qo'yilgan xatolar evaziga jamoamizni jazoladi.

-Ammo tushkunlikka tushish yaramaydi. Oldinda yana to'rtta uchrashuv kutib turibdi. Ularda maksimal natija qayd etib, muxlislarimizni quvontirishga harakat qilamiz, albatta. Mavsum oxirida kuchli o'nlikdan joy olishni mo'ljallaganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика