Zoir To'raqulov: "O'yindan oldin yutib ham, yutqazib ham bo'lmaydi"
06 mar 2016 14:57
Yangiliklar


Zoir To'raqulov: "O'yindan oldin yutib ham, yutqazib ham bo'lmaydi"
Derbi maqomi ostida kechadigan uchrashuvidan oldin G'uzorliklar bosh murabbiyi Zoir To'raqulovdan jamoasining ushbu bahsdagi imkoniyatlari borasidagi fikrlarini bilish uchun qisqa suhbatga tortdik.
- “Nasaf” har tomonlama shakllangan jamoa. Buni Osiyo CHempionlar ligasidagi so'nggi o'yinlari va natijalari ham ko'rsatib turibdi. Modomiki shunday ekan bugungi uchrashuv ham engil bo'lmaydi. Barcha jamoalar bilan ertami-kechmi to'qnash kelamiz. Raqib jamoalarni kuchli-kuchsizga, birinchi-ikkinchiga ajrata olmayman, sababi barcha jamoa birinchi deb atalishga loyiq.
CHunki o'ynamaydigan jamoa bo'lmaydi. Imkoniyatlar borasida to'xtaladigan bo'lsam, u albatta harakat qilgan va maqsadiga ishongan jamoada ko'proq bo'ladi deb hisoblayman. O'yindan oldin esa yutib ham yutqazib ham bo'lmaydi. SHunga qaramay qiziqarli va munosib o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz, - deydi Zoir To'raqulov.
"SHo'rtan" matbuot xizmati saytimiz uchun maxsus
O’xshash yangiliklar

Fikrlar