Zohir Qo'ziboev: "Terma jamoaga bejizga chaqirilmaganimni isbotlashim kerak"
24 mar 2015 08:53
Yangiliklar
Zohir Qo'ziboev: "Terma jamoaga bejizga chaqirilmaganimni isbotlashim kerak"
Mashal klubi hujumchisi Zohir Qo'ziboev ham nihoyat milliy terma jamoamizdan taklif oldi.
O'tgan yili futbolchi oliy ligada debyutini o'tkazganiga qaramay, mavsumni bir tekis o'tkazgandi. Nihoyat, terma jamoa murabbiylar shtabi Qo'ziboevni sinab ko'rishga qaror qildi.
Oliy liganing 1-turida Zohir Qo'ziboev Mashalni XXIV milliy chempionatmizning Navbahorga qarshi kechgan o'yinida sardor sifatida maydonga olib tushdi. O'yindan so'ng futbolchi bilan suhbatlashdik.
- XXIV milliy chempionatimiz startini g'alaba bilan boshladinglar. Dastlabki turda muvaffaqiyat qozonish oson kechmagan bo'lsa kerak?
- Yangi mavsumni yutuq bilan boshlashni barcha istaydi. Jumladan, bizning ham asosiy maqsadimiz ilk o'yinda g'alaba qozonish edi. Navbahor bilan bo'ladigan o'yinga qadar tayyorgarlikni jiddiy tarzda olib bordik. CHunki Namanganda o'ynash qiyin bo'lishini bilardik. Jamoaviy o'yinni yaxshi yo'lga qo'yganimiz natijaning ijobiy bo'lishiga sabab bo'ldi. SHu tariqa, zafar quchdik. Ishonamanki, bu g'alaba keyingi bahslarda yanada yaxshiroq o'yin namoyish etishimizga turtki bo'ladi.
- Navbahor klubi ham mavsumoldi tayyorgarlik paytida sezilarli darajada kuchaydi. Bu o'zaro o'yinda sezildimi?
- Albatta. Maydon egalari yomon o'yin ko'rsatishmadi. Ayniqsa, jamoaning legioner darvozaboni ancha tartibli o'yin ko'rsatdi. Ko'plab vaziyatlarda jamoa joniga oro kirdi. Boz ustiga namanganlik muxlislar ilk o'yin bo'lgani bois, stadionga ko'p kelishdi. Ular Navbahorni tinimsiz qo'llab-quvvatlashdi. Bu ham uchrashuvga o'z tasirini o'tkazdi.
- O'yinda siz jamoadoshlaringizni sardor sifatida maydonga olib chiqdingiz. Demak, joriy mavsumda klub sardori sifatida sizni ko'rar ekanmizda?
- Ha, yangi mavsum oldidan jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoa sardori sifatida meni saylashdi. Futbolchilar ham shunday qarorga kelishganidan so'ng bir ovozdan sardor etib tayinlandim.
- Sardorlik naqadar masuliyatli ekanligini bilsangiz kerak?
- Bo'lmasamchi! Masuliyatli vazifani sidqidildan bajarishga kirishmoqchiman. Albatta, sardorlik bog'ichi ostida to'p surish futbolchida yoqimli hislarni keltirib chiqaradi. Lekin uning masuliyatini ham his qilish lozim. Menga shunday ishonch bildirishgan ekan, uni to'liq oqlash uchun borimni berishga tayyorman.
- Mashal joriy mavsumni g'alaba bilan boshladi. Endi buni davom ettirish uchun nimalarga ko'proq ahamiyat berish kerak?
- Mavsumni bir tekisda o'tkazish qiyin. Barqarorlikni ushlab qolish uchun ega xatolarsiz o'yin ko'rsatish lozim. Bu yilgi chempionat bahslari o'tgan yillarga nisbatan qiziqarli tarzda kechsa kerak. Negaki, ishtirokchilar soni oshgan va buning oqibatida har bir o'yinda murosasizlik yuzaga keladi deb hisoblayman. Mashal har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushadi. Asosiysi, barqarorlikni davom ettirishga etibor qaratamiz.
- Yangi mavsumda klub o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Uni amalga oshira olasizlarmi?
- Maqsadlarimiz ulkan. Buni yashirmoqchi emasmiz. O'tgan yilgi natijamizdan so'ng, buni tasodifga yo'yganlar ham bo'ldi. SHunday fikrlarni noto'g'ri ekanligini isbotlashimiz kerak. Buning uchun har bir turda muvaffaqiyat qozonishda davom etmoqchimiz. SHu orqali o'tgan mavsumdagi natijaga mehnatimiz orqali erishganimizni ko'rsatmoqchimiz. Bir so'z bilan aytganda, o'tgan yilgidan ham yaxshiroq ko'rsatkichga erishmoqchimiz.
- O'tgan mavsumda chempionat to'purari bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgandingiz. Biroq Artur Gevorkyan sizdan ko'proq gol urib, to'purarlikni ilib ketgan edi. Bu yilgi maqsadlar qanday?
- Ko'proq gol urishni xohlayman. O'tgan mavsumda to'purarlik poygasida Gevorkyanga imkoniyatni boy bergan edim. Bu yil esa bu ko'rsatkichni yaxshilashni va to'purar bo'lishni maqsad qilganman. Ishonamanki, bunga erisha olaman. Biroq men uchun shaxsiy ko'rsatkichdan ko'ra, jamoaviy natija muhim ahamiyatga ega.
- Ortda qolgan mavsumda siz hujumda chizig'ida Mo'ydin Mamazulunov bilan ajoyib tandem hosil qilgandingiz. Bu yil kimni o'zingizga sherik sifatida ko'rmoqdasiz?
- Men futbolchi tanlamayman. Bosh murabbiy kim bilan tandem hosil qilib o'ynashimni istasa, imkon qadar o'sha o'yinchi bilan til topishib ketishga harakat qilaman. Mamazulunov bilan yaxshi chiqishib ketgan edik. Bu yil jamoamizda SHohruh Dostonov va Vladislav Ivanov hujumda to'p surmoqda. Yana bir qator yoshlar bor. Aleksandr Xomyakov qaysi birini men bilan o'ynatishni maqsad qilgan bo'lsa, aynan o'sha bilan til topishib ketishga tayyorman.
- Nihoyat milliy terma jamoadan taklif oldingiz. Buni oldindan kutganmidingiz?
- To'g'risini aytish kerak, milliy terma jamoadan taklif olishni anchadan buyon xohlayotgandim. O'tgan yili har bir bahsda yaxshi o'yin ko'rsatib, terma jamoa murabbiylari nazariga tushishga intildim. Negaki, yurtimizda to'p surayotgan futbolchilarning asosiy maqsadi, milliy terma jamoada to'p surish. Buni men ham va boshqalar ham istaydi.
- Terma jamoadan taklif olganingizdan so'ng yana qandaydir maqsadlarni oldinga qo'ygan bo'lsangiz kerak?
- SHunday. Terma jamoa yig'iniga chaqirilganimni bilganimdan so'ng maqsadlarim yanada kattalashdi. Futbolchida doimo yuqori maqsad bo'lishi kerak. Men anchadan beri terma jamoadan taklif kutayotgandim. Bunga erishdim. Endi bejizga chaqirilmaganligimni isbotlash vaqti keldi. SHuni inobatga olgan holda jismoniy tayyorgarligimni oshirishga harakat qilaman.

Fikrlar