Zohir Qo'ziboev: "Birinchi davradan ko'nglimiz to'ldi"
26 iyu 2014 19:26
Yangiliklar
Zohir Qo'ziboev: "Birinchi davradan ko'nglimiz to'ldi"
CHempionatimizning 13-turida Muborakning “Mashal” klubi ishqibozlarini yanada quvontirishga muvaffaq bo'ldi.
Ular o'z maydonida mavsumni barqaror ravishda o'tkazib kelayotgan “Metallurg”ni qabul qildi hamda 3:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. SHu tariqa “gazchilar” birinchi davrani 19 ochko bilan tatilga chiqib ketishmoqda. SHu kuni “Mashal” tarkibida Zohir Qo'ziboev ikkinchi to'pni darvozaga kiritdi va qo'lga kiritilgan g'alabaga o'z hissasini qo'shdi. Bellashuv poyoniga etganidan keyin Qo'ziboevni bog'lanib, “Metallurg”ga qarshi o'yin hamda birinchi davra yakunlari xususida suhbatlashdik.
- Bugungi bahsda yutmasak bo'lmasdi, - deb gap boshladi Qo'ziboev. CHunki birinchi davrani so'nggi uchrashuvi, qolaversa o'z maydonimizda, suyukli muxlislarimizga g'alaba taqdim qilishimiz kerak edi. SHu boisdan mazkur uchrashuvga alohida tayyorgarlik olib bordik. Bevosita uchrashuvga kelsak, o'yin boshlanishi biz uchun yaxshi kechdi. Tezkor gollarni kiritib olganimizdan keyin futbolchilarning ishtiyoqi yanada oshdi hamda keyingi to'plarni kiritish uchun harakat qildik. Bekobodliklarni ustidan g'alaba qozonishimizda stadionda turib, bizni tinmay qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizning ham hissasi katta bo'ldi. Aytish kerakki, birinchi davraning so'nggi turidagi g'alaba tatilni yanada yaxshi o'tkazishimizga turtki bo'ladi deya olaman.
- “Metallurg” doimo barqaror o'yinlar namoyish qilishga odatlangan. SHu boisdan ularga qarshi kechadigan har bir uchrashuv qiyin kechishi tabiiy. Raqibning o'yini haqida nima deysiz?
- CHindan ham “Metallurg” chempionatimizning eng kuchli jamoalaridan biri deb o'ylayman. Ularga qarshi kechadigan bellashuvlar doimo qiyin bo'lib kelgan. SHuni aytish kerakki, raqib bizga qarshilik ko'rsatishga urindi. Buni maydonda isbotlashga ham muvaffaq bo'lishdi. Faqat, jamoamizdagilarning o'zaro bir-birlarini tushunib harakat qilishganligi, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqning yuqorligi ham yutuqni qo'lga kiritishimizga sababchi bo'ldi. Omad ham bizga kulib boqdi. SHunga qaramay, bekobodliklarning ko'rsatgan o'yinlari menga manzur bo'ldi. Ularni 3:1 hisobida mag'lub etish biz uchun juda yaxshi natijadir.
- Bellashuvda sizlar dastlab uchta to'pni kiritib olgandingizlar. Qaysi goldan keyin g'alaba qozonishlaringga bo'lgan ishonch paydo bo'la boshladi?
- O'sha uchinchi to'pdan keyin futbolchilar bugun g'alaba qozona olimiz mumkinligiga ishona boshladi. Mamazulunov kiritgan goldan keyin “Metallurg” futbolchilarining ham harakatlari susayganliki kuzatildi. O'yin yakuniga ham oz vaqt qolgandi. Biz ham xotirjamlikka berildik. Raqib esa bundan foydalanib, bitta to'p kiritishni uddasidan chiqdi.
- Avvalgi turda “Nasaf” mehmoni bo'lgandingizlar hamda birinchi taymdan keyin 2:2 hisobi saqlanib turgandi. Ikkinchi bo'limda esa ikkita to'p o'tkazib yubordingizlar hamda mag'lubiyatga uchradingizlar. O'sha bellashuvda jamoani g'alaba qozonishi yoki durang natijani saqlab qolishi uchun nima etishmadi?
- Qiyin, uchrashuv bo'lgandi. Birinchi taymda yomon o'ynamdik. Murabbiylarning bergan ko'rsatmalariga to'g'ri amalga qilganligimiz tufayli, hammasi “silliq” kechayotgandi. Ikkinchi bo'limda bir qator xatolarga yo'l qo'yganligimiz bizga pand berdi. Qolaversa, tajriba baribir o'z so'zini aytmasdan qolmadi. “Nasaf” o'yinchilari g'alaba qozonishga bo'lgan urinishlari o'yinda tasirini o'tkazdi.
- “Mashal” birinchi davrani 19 ochko to'plagan holda tatilga yo'l olmoqda. Jamoa etakchi futbolchisi sifatida klubingizning birinchi davradagi ishtirokini qanday baholaysiz?
- Ayrim uchrashuvlarda ochkolarni boy berganimizni hisobga olmasak, mavsumning birinchi qismi “Mashal” uchun yomon kechgani yo'q. Agar jamoamizning o'yinlarini kuzatgan bo'lsangiz, safardagi bellashuvlarda ko'proq ochkolarga ega chiqdik. Uydagi bellashuvlarda negadir qiyinchiliklarga duch kelib qoldik. SHu bois ham o'zimiz kutganchalik ochkolarni qo'lga kiritmadik. Baribir omad mazkur uchrashuvlarda muhim rol o'ynadi. Bazida omad kulib boqqan bo'lsa, aksariyat uchrashuvlarda aksincha bo'ldi. Lekin, hozirgi holatimizni yomon deb o'ylamayman. “Gazchilar” o'tgan yili quyi ligadan ko'tarilgan holda elitaga qaytgandi. Tarkibimiz ancha yosh va ko'pchilikida oliy liga tajribasi bo'lmasa-da, yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishonch, ishtiyoqni natijasi bilan birinchi davrani yomon o'tkazmadik. Bir so'z bilan aytganda, birinchi davradagi ishtirokimizdan ko'nglim to'ldi.
- Birinchi davrda jamoangiz uchun qaysi uchrashuv qiyin bo'ldi va aksincha oson kechgan bahs sifatida qay birini ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Menimcha, qiyin uchrashuv sifatida Samarqandda “Dinamo”ga qarshi bellashuvni ko'rsatishim mumkin. Juda qiyin kechdi, lekin g'alaba qozondik. Uyda “Lokomotiv”ga qarshi bo'lgan o'yinimiz ham og'ir bo'ldi. Oson o'yin esa bo'lgani yo'q. Umuman, oliy ligamizning bu yilgi bellashuvlarida bunday bahslar bo'layotganligi yo'q deb o'ylayman.
- Mavsumning birinchi pallasida raqiblar darvozasini olti marotaba ishg'ol qilishni uddasidan chiqdingiz. Bu ko'rsatkich hujumchi uchun yaxshi deya olasizmi? Qolaversa, bu mavsumda siz oliy ligadagi debyut mavsumingizni o'tkazmoqdasiz.
- O'ylashimcha, yomon emas. Aytganingizdek, oliy ligada birinchi marta o'ynamoqdaman. Olti to'p kiritganim meni uchun yaxshi. Boz ustiga ikkinchi davrada gollarim sonini yanada ko'paytirib olishim mumkin. SHu bois birinchi davradagi ko'rsatkichimdan nolimayman.
- Mavsum arafasida o'z oldingizda nechta gol kiritishni maqsad qilgandingiz?
- To'g'risi, shuncha gol kiritaman, deb maqsad qilmaganman. Asosiysi, qancha to'p kiritishimdan qatiy nazar, jamoaning g'alabasiga biroz hissa qo'shsam deb o'ylagandim. Men doimo shaxsiy ko'rsatkichlardan ko'ra, jamoaviy natijalarni ustun qo'yib kelganman. Jamoada kim gol urishini farqi yo'q. “Mashal” ko'proq g'alaba qozonsa, rahbariyat qo'ygan vazifa uddasidan chiqilsa, bo'ldi.
- Baribir ikkinchi davrada gollaringiz sonini yanada oshirib borishga harakat qilsangiz kerak?
- Nechta gol kiritishimdan qatiy nazar, “Mashal” bilan yuqori o'ringa ko'tarila olsak bo'ldi. SHuningdek, to'purarlar qatoridan uchlikka kirsam ham yomon bo'lmasdi.
- Qaysi uchrashuvdagi kiritgan golingiz siz uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi?
- (o'ylanib turib) “Andijon”ga qarshi kechgan uchrashuvda kiritgan golim bo'lsa kerak. Aynan o'sha golim menga muhim ahamiyatga ega bo'lgandi. CHunki kiritgan golim safardagi g'alabani qo'lga kiritilishiga sabab bo'lgandi (kuladi).
- Bu mavsumda Mo'ydin Mamazulunov bilan birinchi marta tandem hosil qilgan holda to'p surmoqdasizlar. U bilan o'zaro til topishib ketish qiyin bo'lmadimi?
- Yo'q, albatta. Mamazulunov tajribali hujumchi ekanligi tufayli ham, u bilan o'zaro munosabatlarimiz yaxshi bo'ldi. Qolaversa, maydonda bo'lgan kezlarimizda, bir-birimizni tushunib harakat qildik. Ikkinchi davrada nasib qilsa, u bilan birgalikda ko'plab gollarni kiritishga umid bog'laganman. SHu orqali jamoamizga ko'proq g'alaba keltirmoqchiman.
- “Mashal” o'tgan mavsum birinchi ligadan elitaga chiqdi. Tarkib yosh ko'rinishga kelganiga qaramay, birinchi davrani yomon o'tkazmadingizlar. Muvaffaqiyatlaringni siri nimada deb o'ylaysiz?
- Bu erda hech qanday siri tarafi yo'q. SHunchaki, jamoamizda ahillik birinchi o'ringa qo'yilgan. Tarkibdagi barcha futbolchilar iqtidorli, mehnatdan qochmaydigan yigitlar hisoblanadi. Mavsumning birinchi davrasida qaysi uchrashuvda maydonga tushishimizdan qatiy nazar, faqat g'alaba uchun to'p surib keldik. Klub bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ham ajoyib murabbiy deb o'ylayman. Aynan uning tajribasi, berayotgan ko'rsatmalariga amal qilgan holda o'ynamoqdamiz. Bu esa ko'rsatayotgan o'yinlarimizga ijobiy tasirini ko'rsatmoqda. Birinchi ligadan chiqdik, shu boisdan har bir uchrashuvda faqat mag'lubiyatga uchraymiz degan tushunsa, bizda aslo yo'q. Maqsad, har bir uchrashuvda ishqibozlarimizni quvontirgan holda yuqori o'rinlarda yurishdir. Ishtiyoq bo'lgan joyda, samara baribir bo'ladi.

Fikrlar