So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Zohir Pirimov: "Tanaffus "Buxoro" uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman" Yangiliklar

Zohir Pirimov: "Tanaffus "Buxoro" uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman"

"Buxoro" jamoasi Toshkentda "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa azolari yangi murabbiylar shtabi boshchiligida yig'inni olib bormoqda. O'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarini kuzata turib "Buxoro"ni o'yinida jonlanish borligini ko'rishimiz mumkin. Albatta, rasmiy o'yin bilan o'rtoqlik bahsi o'rtasida farq bo'ladi. Biz bu borada jamoaning tajribali futbolchisi Zohir Pirimovning fikrlariga quloq tutdik. 

"Yangi murabbiylar shtabining malakali va tajribali ekanligi mashg'ulotlarda bilinib turibdi. O'yinimizda o'zgarishlar bor yaxshi tomonga. Taktik jihatdan ham o'yindan-o'yinga o'sib boramiz. Jamshid Saidov va Aleksandr Xomyakov juftligi o'z g'oya, falsafalarini futbolchilarga singdirishga harakat qilishmoqda. Oraliqda yuzaga kelgan tanaffus biz uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman. 

Jamoada ishlayotgan barcha mutaxassislar motivaciya, kurashuvchanlikni qaytarishga harakat qilishmoqda. Futbolchilar ham mashg'ulotlarda astoydil ter to'kmoqda. Oldinda kutayotgan uchrashuvlarda hammasi ijobiy ko'rinish olishiga ishonaman. 

Birinchi galda o'yinimizda tartib, harakatlarimizda tajovvuzkorlik, jangovorlik bo'lishini murabbiylar takidlashmoqda. Umuman olganda "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ngildagidek o'tdi. Biz uchun har bir uchrashuv finalga teng. Ortga yo'l yo'q. Har bir qo'lga kiritilgan ochko turnir jadvalidagi o'rnimizga tasir qiladi. Muhimi ayni paytda egallab turgan o'rnimizni  yaxshilashga etibor beramiz",- deydi Pirimov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика