So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  0 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Zohir Pirimov: "Pas"ni ko'riboq zarba berish haqida o'yladim" Yangiliklar

Zohir Pirimov: "Pas"ni ko'riboq zarba berish haqida o'yladim"

"Olmaliq" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng Zohir Pirimov bilan qisqacha suhbatlashdik.

"Albatta, bir jamoa safida uzoq muddat to'p tepishni hamma futbolchi ham istaydi. 2008 yil jamoaga taklif qilinganimdan beri klubda murabbiy o'zgarmadi. Aynan shu omil muvaffaqiyat garovi bo'ldi deb aytgan bo'lardim. Boisi murabbiy almashaversa ham futbolchining o'yinida o'zgarish bo'lishi mumkin. Undan tashqari, menga ishonishdi", - deydi "Olmaliq" safida 150 uchrashuvni o'tkazgan Pirimov.


- Buni murabbiy ham aytib o'tdi, faoliyatingizga nazar tashlasak, doim barqaror o'ynay olmayapsiz. Bunga nima sabab bo'lyapti?

- To'g'ri, buni tan olaman. Mavsum boshida biroz ortda qolaman va yaxshi holatga kirishda qiynalaman. Sal vaqt o'tgach, suratga tushib olaman. 


- O'yinni zaxiradan tushib, davom ettirdingiz. Zaxirada o'tirgan paytingiz "Qo'qon-1912"ning ojiz nuqtalarini ko'ra olganmidingiz?

- SHunday desa ham bo'ladi. "Qo'qon-1912" o'z jarima maydonchasi ichida juda ham zich o'yin namoyish etayotgan edi. Himoya va darvozabon ancha yaxshi harakat qildi. 


- Golga qanday sharh berasiz? 

- Yana 100ta shunday imkoniyat bo'lsa ham bunday gol urish qiyin. Pavlenko to'pni havolatib oshirganidan keyin uni oyog'imga to'g'ri tushishini his qildim va o'ylab o'tirmasdan darvozani nishonga oldim. Agar zarbani posbon qaytarganida ham uni ushlab olishi qiyin bo'lardi, biron futbolchiga tegib gol bo'lishi mumkin edi. Lekin unga hojat qolmadi.


 Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика