So’nggi yangiliklar

02:44Бундеслига. "Байер" "Боруссия"ни "Сигнал Идуна Парк"да мағлуб қилди  1 01:59HERE WE GO! Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтади!  37 01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  6 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  0 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  2 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:09Расман: "Шўртан" Осиё чемпионини сафига қўшиб олди  6 22:45"Валенсия" ЛаЛигага норозилик билдирди  10 22:13Хвича Францияда ўйнашни истамоқда, бироқ бир муаммо бор  2 21:46Нойер қайтмоқда  3 21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  8 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  7 19:51Ҳоланд кетма-кет бешинчи марта Норвегияда йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  1

Zohid Abdullaevning xayrlashuv uchrashuvi o'tkazildi Yangiliklar

Zohid Abdullaevning xayrlashuv uchrashuvi o'tkazildi

15 yil mobaynida o'zbek futboli rivojiga, Bekobod futboli taraqqiyotiga sadoqat bilan xizmat qilgan Zohid Abdullaev katta futbol bilan xayrlashdi.

Zohid Abdullaevning katta futbol xayrlashuv oqshomi Bekobod ahli uchun, Abdullaevlar xonadoni, sulolasi, yaqinlari uchun bir umr esda qolarli bo'ldi. Zo'r tantana bilan tashkil etilgan tadbir “Metallurg” stadioniga tashrif buyurganlarda ulkan taassurot qoldirdi.

Tadbir “Metallurg” madaniyat uyi ashula va raqs to'garagi vakillarining chiqishlari bilan boshlandi. “Xayrlashuv oqshomi”ning asosiy dasturi “Metallurg” va “Xo'jand” jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik-nazorat uchrashuvi bilan davom ettirildi. Uchrashuvning 15-daqiqasida uchrashuv bosh hakami SHavkat Nasibullaevning hushtagi o'yinni to'xtatdi. 15-raqamda 15 yil futbolda faoliyat yuritgan Zohid Abdullaev o'z o'rnini qadrdon do'sti, jamoadoshi Islombek Isoqjonovga bo'shatib berdi. Maydonni tark etishdan avval Zohid o'zini yillar davomida chin dildan qo'llab quvvatlagan muxlislariga tazim bajo etdi. Minnatdorlik ramzi sifatida tribunalar tomon esdalik futbol to'plarini tepdi. SHundan keyin Xalqaro uchrashuv azolari jonli yo'lak tashkil etib, Zohidni kiyinish xonasiga kuzatishdi.

Kecha qahramonini tadirlash marosimi esa xalqaro uchrashuv so'ngiga olib qo'yildi. O'rtoqlik-nazorat uchrashuvi poyoniga etdi. Unda “Metallurg” kombinacion futbol namoyish etib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Hech bir scenariysiz (xayrlashuv oqshomlarida ko'p kuzatganimiz – gollar shousi) murosasiz, qiziqarli kurashlar ostida o'tgan o'yinda muxlislar 3 ta golning shohidi bo'lishdi. Barcha gollar mehmonlar darvozasidan joy oldi – 3:0. 

SHundan so'ng stadin suxandoni tadbir mehmonlari – “Metallurg” klubi muassislari, Zohid Abdullaevning murabbiylari, sobiq va ayni paytdagi safdoshlari, do'stlarini taklif etdi. O'zbekiston futbol associaciyasi Professional futbol ligasi nomidan Zohid Abdullaevga esdalik sovg'alari topshirildi. So'ngra Bekobod shahar hokim N.Boboev, O'zbekiston metallurgiya kombinati akcionerlik jamiyati boshqaruvi raisi – bosh direktori, “Metallurg” PFK prezidenti R.Pirmatov Zohid Abdullaevga Bekobod futboli rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun tashakkur aytishdi. Minnatdorlik ramzi sifatida “Neksiya-3” engil avtomashinasi kaliti sovg'a qilindi. Zarbof to'n kiydirildi.

Zohid Abdullaevning futbolchilik faoliyati yakunidagi dil so'zlari muxlislar qalbini titratdi: “Ko'pchilik futbolchilar 23 yoshida faoliyatini yakunlashgan. Mening ustozlarim esa ko'cha futbolida to'p tepib yurgan, charm to'p sirlaridan na bilim, na tushunchaga ega bo'lmagan mendayin bir havaskor yigitni 23 yoshimda katta futbolga olib kirishdi. Ishonch bildirishdi. O'rgatishdi. Ularning ishonchini oqlaganimdan g'oyat baxtiyorman. Bekobod futboliga sadoqat bilan 15 yil xizmat qilgan bo'lsam, bugun meni qo'llarida ko'tarib, katta futboldan kuzatishayapti. Bularning barchasi uchun avvalo ota onamga, meni shu sport turiga etaklab kelgan ustozlarimga, yaqinlarimga, menga muxlislik qilgan, qo'llab quvvatlagan barcha barchaga – O'zmetkombinat rahbariyatiga, klub mutasaddilariga, men bilan ishlagan, to'p surgan barcha murabbiylarim, safdoshlarimga boshim erga tekkuncha tazim qilaman. Rahmat”. 

Zohid Abdullaev dil izhorlarini yakunlab, uning futbolchi sifatida tanilishi, shakllanishida ulkan hissa qo'shgan murabbiy-ustozlari Rustam Mirsodiqov, SHavkat Saidovlarga zarbof to'n kiydirdi. Tadbir mehmonlariga, safdoshlariga, jamoadoshlariga esdalik sovg'alarini ulashdi. Xayrlashuv oqshomi esdalik uchun katta fotosessiya bilan nntiho topdi.


Nazorat – o'rtoqlik uchrashuvi

METALLURG – XO'JAND – 3:0

Gollar: SHohnazar Norbekov (16), Ergash Ismoilov (39), Zabixillo O'rinboev (90)

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Rishod Nugmanov, Doniyor Saylovov, Davron Anvarov

Nazoratchi: Timur Galeev

“Metallurg”: 87.Akmal Ortiqov, 5.Abbos Otaxonov,  8.Salamat Quttiboev (s), 10.SHohnazar Norbekov 11.Damir Temirov, 15.Zohid Abdullaev (7.Islombek Isoqjonov, 15), 18.Fozil Musaev, 19.Ergash Ismoilov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 80.Farrux Ibrohimov, 94.Farhod Bekmurodov 

Ikkinchi taymda zahiradan maydonga tushganlar: 12.Aleksandr Lobanov, 99.Vladimir Vagin, 6.Xudoyshukur Sattorov, 9.Zabixillo O'rinboev, 14. Abror Toshqo'ziev, 16.Jasur Xolto'raev, 26.Hakimxon Alamxonov,  27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Nosirjon Abdusalomov, 31.Muhriddin Salohiddinov, 97.Muhammadali Aliqulov. 

“Xo'jand”: 50.SHohruh Qirg'izboev, 5.Firdavs Abdusalomov, 6.Hojiboy Ziyoev, 8. Ehson Boboev, 9.Feruz Xolmatov, 10.SHohrux Maxmudxojiev, 20.Samandar Ochilov, 21.Firdavs CHakalov, 62.Jahongir Ergashev (s), 97.Sergey Ckanyan, 98.Ignatiy Sidor.

Zaxira: 16.Suhrobxo'ja Yusupov, 7.Andrey Levkovec, 14.Tohir Mullado'stov, 18.Daler Yodgorov, 63.Muhammadali Azizboev, 66.Naimjon Ibrohimzoda, 77.Karamatullo Saidov.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика