So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Zohid Abdullaev: “Avval ham 1-daqiqada gol kiritganman” Yangiliklar

Zohid Abdullaev: “Avval ham 1-daqiqada gol kiritganman”

“Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin mezbonlar to'purari Zohid Abdullaevning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
-  Zohid, g'alaba bilan tabriklaymiz.

-  Rahmat. Bugungi o'yin biz uchun qiyin kechishini bilardik. Ammo menda qandaydir xotirjamlik bor edi. Ijobiy natijaga erishishimizni ham, gol kiritishimni ham sezgandek edim.

-  Bugungi golingiz faoliyatingizdagi eng tezkor golmi?

-  Yo'q, avval ham bir marta birinchi daqiqadayoq gol kiritishga erishganman. Bu 2007 yili “SHo'rtan” jamoasi bilan o'yinda sodir bo'lgandi.

-  Bugungi o'yindan ko'nglingiz to'ldimi?


-  O'yindan, jamoadoshlarimning hatti-harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Bu yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Ammo natijadan ko'ngil to'lmadi. Sababi biz ikkita gol farqi bilan oldinda bora turib. G'alabani qo'ldan chiqardik. O'yin tugashiga to'rt daqiqa qolganda yana hisobda oldinga o'tib olgandik. Afsuski, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada belgilangan jarima zarbasi bizga qimmatga tushdi.

-  Ignatiy bilan yakkama yakka qolgan holatingizni izohlab bersangiz...

-  Birinchi daqiqadagi yakkama yakka to'qnashuvda Ignatiyni osonlik bilan dog'da qoldirdim. Temiryo'lchilar ikkinchi taymda birinchi javob golnini kiritgandan keyin bizda yana tezkor qarshi hujum yuzaga keldi va Nesterev bilan navbatdagi randevuga chiqib ketayotgandim. Afsuski, Ignatiy jarima maydoni tashqarisida to'pni qo'li bilan ushlab qoldi. Hakam Nesterevni maydondan chetlatdi. Agar Ignatiy shunday o'ynamaganida ehtimol men gol kiritgan va o'yin taqdirini hal etgan bo'larmidim.


"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика