Zlatan SHevchenkoning rekordidan o'zib ketdi
09 noy 2020 23:33
Yangiliklar


Zlatan SHevchenkoning rekordidan o'zib ketdi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich ukrainalik hujumchi Andrey SHevchenkoning rekordidan o'zib ketdi.
SHveciyalik futbolchi ketma-ket 7 o'yinda gol urdi va jamoaning sobiq futbolchisi Andrey SHevchenkoning rekordidan o'zib ketdi. Ukrainalik o'z vaqtida A Seriyaning ketma-ket 6 o'yinida raqiblari postiga yo'l topgandi.
Ushbu mavsumla 39 yoshli Ibragimovich "Milan" tarkibida 9 o'yinda qatnashib, 9 gol hamda 2 assist qayd etdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar