Zlatan Ibragimovich: "To'g'risi, portugaliyaliklar shunchaki kuchliroq edilar"
20 noy 2013 15:40
Yangiliklar


Zlatan Ibragimovich: "To'g'risi, portugaliyaliklar shunchaki kuchliroq edilar"
SHveciya terma jamoasi Zlatan Ibragimovich jahon chempionatiga o'tish uchrashuvi doirasidagi Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan so'ng, natija o'yinga mos bo'lganini tan oldi.
"Nega biz mag'lub bo'ldik? To'g'risini aytganda, ular shunchaki bizdan kuchliroq edi. Biz o'zimizdan g'ururlansak arziydi. SHveciya bundan yaxshiroq o'ynay olmasdi. Albatta, hozir xatolarni tahlil qilib chiqish mumkin, biroq bo'lar ish bo'ldi va ortga endi yo'l yo'q. Portugallar bizni xatolarimiz uchun jazolashdi. Hisob 2:1 bo'lgan vaqtda endi o'zimiznikini qo'yib yubormaymiz deb o'ylagandim, ammo ko'p o'tmay, portugaliyaliklar yana bir bor gol urib qo'yishdi", deya Ibragimovich so'zlaridan UEFA rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar