
Biz ochko ishlab olganimizdan xursandman. Bu o'yin oson kechgani yo'q. Shvetsiya jahon chempionati saralash doirasidagi o'yinda mag'g'lubiyatga uchragandi. Bu safar yaxshiroq o'ynadik. Ular bizga etarlicha tashvish tug'dirishdi va maydonda erkin harakat qilishimiz uchun bo'sh zonalar qoldirishmadi. Avstriya kuchli jamoa. Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik va bir ochko ishlab oldik.