Zlatan agentlik faoliyatini boshlashi va Mino Rayolaning sherigi bo'lishi mumkin
26 mar 2020 07:12
Yangiliklar


Zlatan agentlik faoliyatini boshlashi va Mino Rayolaning sherigi bo'lishi mumkin
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich kelajakda nima bilan shug'ullanishi haqida o'ylamoqda.
38 yoshli shved klubni tark etishi va xattoki faoliyatini yakunlashi ham mumkin.
Ibragimovich Zvonimir Bobanning ishdan bo'shatilganidan norozi. Unga Ivan Gazidisning yangi loyixasida ishtirok etish unchalik ham yoqmayapti.
Silvio Berluskoni va Adriano Galliani Zlatanni keyingi mavsum B Seriyada harakat qiladigan "Monca" klubiga taklif qilishdi. Ammo, u bunga ham qiziqmayapti. SHuningdek, forvard murabbiylikka ham qiziqmayapti.
Ibragimovich agentlik faoliyati bilan shug'ullanish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. U o'zining agenti hisoblangan Mino Rayolaning sherigi bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar