So’nggi yangiliklar

17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  3 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  0 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  2 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0

Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo'qligidan yig'lardim, bir kun oyoqlari yo'q insonni ko'rib qoldim... Yangiliklar

Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo'qligidan yig'lardim, bir kun oyoqlari yo'q insonni ko'rib qoldim...

Jahon va Evropa chempioni, Oltin to'plar sohibi, ECHLni qatorasiga ikki yil yutgan dunyodagi birinchi murabbiy bugun 45 yoshga to'ldi.

SHu munosabat bilan ajoyib futbolchi va murabbiyning faoliyati davomida aytgan eng sara fikrlarini taqdim etishga qaror qildik.


Otam hech qachon meni yaxshi ko'rishini aytmagan. Biroq uning qilayotgan ishlari tufayli meni juda yaxshi ko'rishini sezardim.

Agar nimanidir qattiq orzu qilsangiz bir kun kelib u amalga oshadi

Marselda yomon tumanda yashaganmiz. Qaerda yashash emas qanday yashash muhim. 20 nafardan ortiq bolalar bilan o'rtoq edim, ularning hech biri ichmasdi va chekmasdi.

Otam doim boshqa davlatdan kelgan inson mahalliy xalqdan ko'proq mehnat qilishi kerakligini aytardi.



Yoshligimda ko'plab bolalar bilan futbol o'ynardim. Nima uchun ular orasidan faqat men futbolchi bo'ldim? Balki, qolganlar kuniga 24 soat futbol haqida o'ylashmagani uchundir.

Marselda qiynalgan bo'lsam ham eng sevimli shahrim bo'lib qoladi. U erda o'zining muhiti bor. Bu borada Marsel Liverpulga o'xshashib ketadi.

Sevimli klubim - Olimpik. Xatto Kann sharafini himoya qilganimda ham Velodromga borardim.

Sen kimligin va qaerdan kelganingni unutmasliging lozim. Hech qachon birga katta bo'lgan o'rtoqlarimni unutmayman.

Yoshligimizda bolalar bilan biznesimiz bo'lgan. Dam oluvchilarga "sosiskalar"ni kim tez tanovul qilish bo'yicha chempionat o'tkazardik. Ko'pincha men g'olib chiqardim.

Bordoga o'tish meni o'zgartirgandi. Rivojlana olishimni sezgandim. Bordo men uchun ajoyib tramplin bo'la oldi.



Ovqat tayyorlashni yomon ko'raman. Tuxum pishira olaman xolos. Xotinim Veronika esa ajoyib pazanda. U xattoki Jazoir oshxonasidagi bazi ovqatlarni o'rganib ham olgan.

Sportda doping - juda yomon. Yuventusda Franciyada taqiqlangan modda kreatinni istemol qilganman. U boshqa mamlakatlarda taqiqlanmagan. U mening sog'ligimga tasir qilmagan deb o'ylayman.

Franciya terma jamoasida turli millat futbolchilari o'ynashadi? Qanday ahmoqlik! Jamoamiz juda ahil va inoq. Qaerdan bo'lmaylik vatanimiz bitta - Franciya, har bir o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.

Agar qachondir menga Zinedin Zidanga o'xshashni istayman desa haqiqatdan ham baxtli bo'laman.



Men musulmonman va barcha narsani yaratgan Xudoga ishonaman.

Kuchni tejash - senga pul to'layotgan klubni aldash.

Orzuim bor. Jahon chempionati finalida o'ynayapman, 90-daqiqa o'tib borayapti va to'p menga etib keldi, zarba… Albatta, bu amalga oshmasa kerak.

Hayotimdagi eng katta yutuq bu medal yoki kuboklar emas farzandlarim menga yaxshi otasiz deyishganidir.



Materacci? U futbolkani rosa ko'p tortqilayverdi, o'yindan so'ng unga futbolkamni sovg'a qilishimni aytdim. Bunga javoban u onam va singlimni haqorat qildi. O'zimni tutib tura olmadim. Bu yomon qaror edi, barchasi juda tez sodir bo'ldi.

Buffon mening zarbam haqida hakamga aytgani yaxshi bo'lgan. Franciya hakam xatosi tufayli chempion bo'lganini hazm qila olmagan bo'lardim.

Ispaniya chempionati zerikarli ekanligiga qo'shilmayman. Menimcha u Evropadagi eng kuchlilaridan biri. Bu erda kuchsiz jamoalar yo'q.


Messi va Ronaldu - g'aroyib futbolchilar. Ammo Frank Riberi Franciya futboli brillianti.

Futboldagi barcha ishlarimni tugatganimdan so'ng otam bilan birga Jazoirga qaytamiz. Xuddi o'sha otam cho'pon bo'lgan qishloqqa boramiz. Bu mening futboldan tashqari eng katta orzuim.

Ota-onam menga o'zingni boshqalardan ustun qo'yma deb o'rgatishgan, ularga shunday tarbiya uchun rahmat aytaman.

Men dunyoning eng kuchli murabbiyiman? Yo'q-yo'q, bunday emas (ECHL finalida ikkinchi marta g'olib chiqilganidan so'ng).

Yoshligimda futbol o'ynash uchun oyoq kiyimim yo'qligi uchun yig'lardim, kunlardan bir kun men oyoqlari yo'q insonni ko'rib qoldim...


Futboldan ketgan kunim odamlar xafa bo'lishlarini istayman... yoxud Buffondan eng mashhur iqtiboslar

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика