Zinedin Zidan: Modrich darvozaga ko'proq zarba berishi kerak

Narzulla Saydullayev
8 fev 2016, 09:30
Real ustozi Zinedin Zidan Granadaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Modrich ajoyib va juda muhim golni urdi. U bizga 3 ochko keltirdi. Lukaning qoyilmaqom zarbasi bor, shunday ekan darvozaga ko'proq zarba berishi kerak.

Raqib butun jamoa bo'lib himoyalandi. Safarda uydagidan ko'ra qiynalish oddiy holat. G'alaba juda qiyinchilik bilan qo'lga kiritildi.

Granada safida ham ajoyib ijrochilar bor, – deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com