Zinchenko “Arsenal”ga o'tsa, “Ufa” bonus mablag'ni qo'lga kiritadi
17 iyu 2022 08:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/708818_original.jpg)
![](/upload/storage/708818_220.jpg)
Zinchenko “Arsenal”ga o'tsa, “Ufa” bonus mablag'ni qo'lga kiritadi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishga yaqin.
25 yoshli ukrainalik 2016 yil “Ufa”dan 1,7 mln funt evaziga “shaharliklar” safiga borib qo'shilgandi. “Ufa” bosh direktori SHamil Gazizovning aytishicha, Zinchenkoning “Arsenal”ga transferi sobiq klubiga ham foyda keltiradi. Uning transferi 35 mln evroga amalga oshishi kutilmoqda.
“Bu rasmiy tarzda mana bunday amalga oshadi. Agar u o'tsa, so'rov yuboramiz. Bizga to'lov qilishlari kerak bo'ladi. Biroq, sankciyalar tufayli pul o'tkazish qiyin kechadi. Angliyada yirik miqdordagi to'lovlar federaciya orqali yuboriladi: klublar ularga o'tkazadi, ular esa bizga”, deydi Gazizov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar