"Zidanning kallasi" yodingizdami? Marko Materacci JCH-2006dan keyin ilk bor Zinedin bilan gaplashmoqchi
20 noy 19:18
Yangiliklar
"Zidanning kallasi" yodingizdami? Marko Materacci JCH-2006dan keyin ilk bor Zinedin bilan gaplashmoqchi
Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marko Materacci Zinedin Zidan bilan gaplashishni xohlashini tan oldi.
JCH-2006 finalida Franciya terma jamoasi etakchisi raqibining provokaciyaga uchib Materaccining ko'krak qismiga boshi bilan zarba bergan. Buning uchun Zidan qizil kartochka olgan, Italiya esa finalni penaltilar seriyasida o'z foydasiga hal qilgan (1:1, penaltilar seriyasida 5:3).
"Men o'sha kundan beri Zinedin zidan bilan gaplashmadim. U bilan o'shangacha ham, o'shandan keyin ham umuman gaplashmaganman. Bizda hech qanday munosabatlar yo'q. U futbol afsonasi. Men uni futbolchi sifatida ham, ECHLni ketma-ket 3 marta yutgan murabbiy sifatida ham juda hurmat qilaman.
Men ortiq kechirim so'ralishini kutmayman, lekin oradan shuncha yil o'tgach, u bilan jon deb gaplashgan bo'lardim. Muammo yo'q", - degan Materacci.
Fikrlar