Zidanga nisbatan nojoiz gaplarni aytgan Franciya futbol federaciyasi rahbari lavozimidan chetlatildi
11 jan 2023 19:40
Yangiliklar
Zidanga nisbatan nojoiz gaplarni aytgan Franciya futbol federaciyasi rahbari lavozimidan chetlatildi
Noel le Gre Franciya futbol federaciyasi rahbari lavozimidan chetlatildi.
Le Greyni chetlatish to'g'risidagi qaror chorshanba kuni futbol federaciyasi Ijroiya qo'mitasi tomonidan qabul qilindi.
Endilikda Filipp Diallo Franciya futbol federaciyasini vaqtinchalik boshqaradi.
Avvalroq Noel le Gre Zinedin Zidan haqidagi so'zlaridan keyin tanqidlarga uchragandi. Ko'pchilik funkcionerni hurmatsizlikda aybladi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Franciya futbol federaciyasi mamlakat milliy terma jamoasini boshqarayotgan Dide Desham bilan shartnoma uzaytirilganini elon qilgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar