Zidan: "Ronaldu? "Granada" - muammolar tug'diradigan, kuchli jamoa"

Aslanov Jasurbek
8 fev 2016, 12:23
"Real" ustozi Zinedin Zidan "Granada"ga qarshi Ispaniya chempionatining 23-tur uchrashuvidan (2:1) so'ng, raqib kuchli jamoa ekanligini ta'kidladi.

Fransiyalik bu so'zlarni hujumchi Krishtianu Ronaldu nega gol urishga qiynalayotgani haqidagi savolga javob tariqasida aytdi.

"Bizga oson bo'lmadi, chunki "Granada"ga qarshi mehmonda o'ynash juda qiyin. Ular bir jamoa bo'lib harakat qilishdi. G'alabaga erishish oson bo'lgani yo'q" - deydi Zidan.

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda Primeroning 23 uchrashuvida 19 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.

Ispaniya chempionati va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS