Zidan “Real” tarixida sovrinlar soni bo'yicha nechanchi o'rindaligini bilasizmi?
13 jan 2020 07:48
Yangiliklar
Zidan “Real” tarixida sovrinlar soni bo'yicha nechanchi o'rindaligini bilasizmi?
“Real” Ispaniya Superkubogi finalida hamshahari “Atletiko”ni mag'lub etdi (0:0, penaltilarda 4:1).
Ushbu sovrin Zinedin Zidan uchun “Real” boshqaruvidagi 10-si bo'ldi.
Avvalroq 47 yoshli mutaxassis “Real” bilan uch marta ECHL, bir martadan Ispaniya La Ligasi hamda Superkubogi va ikki karradan Evropa Superkubogi hamda Klublar o'rtasidagi JCH bosh sovrinlarini qo'lga kiritgandi.
Bu “Real” tarixidagi ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Zidandan oldinda 14 ta sovrin yutgan Migel Munos bormoqda. Undan keyin esa Luis Molovni (8) hamda Vicente del Boske (7) joylashgan.
Fikrlar