Zidan: Men omadliman
19 dek 2020 22:38
Yangiliklar


Zidan: Men omadliman
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa bilan shartnomani uzaytirish borasidagi savollarga javob qaytardi.
"Klub bilan amaldagi kelishuvimiz 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Men rahbariyatdan hech narsa so'ramoqchi emasman, ishlashda davom etaman. "Real"da ekanimdan baxtiyorman, o'zimni omadli deb bilaman, chunki dunyoning eng yaxshi klubida ishlayapman. Umid qilamaki, mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan futbolchilar ham shu erda qolishga qaror qilishadi", - franciyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Marca.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar