Zidan: “Madridda har kuni yangi final bor”

3 noya 2020, 09:40
“Real” ustozi “Inter”ga qarshi YCHL guruh bosqichi 3-tur o'yinidan oldin fikrlari bilan bo'lishdi.

“Inter” yaxshi jamoa. Ular jismoniy jihatga juda katta urg'u bermoqda va yaxshi futbol o'ynamoqda. Bizni yana bir qiyin o'yin kutib turibdi. Bu navbatdagi final bo'ladi. Ha, bu final, ammo Madridda har kuni yangi final bor. Biz buni bilamiz va e'tibor bilan o'ynashga harakat qilamiz. 3 ochko olishga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Men bizga tanaffus kerakligini eshitishdan charchadim. Hozirgi tarkibimiz bilan ham juda ko'p narsaga erishishimiz mumkin”, - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA