So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  71 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  2 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  45 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  21 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

Zidan: “Barchasi bizga qarshi ishladi: uchta penalti, avtogol... Ammo barcha javobgarlikni bo'ynimga olaman” Yangiliklar

Zidan: “Barchasi bizga qarshi ishladi: uchta penalti, avtogol... Ammo barcha javobgarlikni bo'ynimga olaman”

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 9-turida “Valensiya”dan (1:4) uchralgan mag'lubiyatga izoh berib o'tdi.

“Ha, bu og'riqli mag'lubiyat. CHunki biz uchrashuvni yaxshi boshlagandik. Birinchi yarim soatda kutilgan o'yinni ko'rsata oldik, gol urdik. Ammo javob golidan keyin nima sodir bo'lishi kerak bo'lsa, hammasi ro'y berdi. 

Darvozamizga belgilangan uchta penalti haqida gapiradigan bo'lsam, hakam bularni barchasini kuzatib borishi kerak edi. Biz uch marta penaltidan gol o'tkazdik va yana kamiga o'zimizga o'zimiz gol urdik. Barchasi bizga qarshi bo'ldi va bu bir o'yin uchun ko'plik qiladi.

Bu mag'lubiyat uchun murabbiy sifatida barcha aybni bo'ynimga olaman, chunki vaziyatdan chiqish yo'llarini izlash vazifam hisoblanadi. Hisob tenglashgach, o'yin tubdan o'zgarib ketdi. Bunday holat biz bilan birinchi marta sodir bo'lmayapti va bu menga yoqmayapti”, dedi Zidan.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика