Joze Mourino: “Messi “CHelsi”ga o'tadi? Bu yolg'on!”
29 noy 2014 08:27
Yangiliklar


Joze Mourino: “Messi “CHelsi”ga o'tadi? Bu yolg'on!”
“CHelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Barselona” klubi etakchisi Lionel Messining London jamoasiga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
“Menimcha, bugun yolg'on va asossiz xabarlar eshitadigan kunim bo'lsa kerak.
Malumotning to'g'ri ekanligini surishtirmay tarqatayotganlarga hayronman.
Axir, bu xabar noto'g'ri ekanligi hammaga kundek ravshanku!”, - deya
Mourinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Star.

Fikrlar