Joze Mourino: "CHempionlar ligasida "CHelsi" bilan yakunlanmay qolgan ishim bor"
22 apr 2014 00:55
Yangiliklar
Joze Mourino: "CHempionlar ligasida "CHelsi" bilan yakunlanmay qolgan ishim bor"
Bu CHempionlar ligasi yarim finali. Ushbu turnirning qay darajada ekaniligini zalga yig'ilgan junalistlarning ko'pligidan ham bilsa bo'ladi. Bu musobaqaning ushbu bosqichida har bir futbolchi va murabbiy ishtirok etishni istaydi. Men bu erga "Atletiko" jamoasining qanday klub ekanligini aytish uchun kelganim yo'q. Bu haqida men futbolchilarim bilan gaplashib olganman. CHempionlar ligasi yarim finaliga faqatgina eng zo'r jamoalar etib kelishadi.
Biz raqibni hurmat qilamiz. "Atletiko"ni o'rganib chiqdik. CHempionlar ligasi - bu futbolchilar uchun qo'shimcha kuch bag'ishlaydigan yuksak darajadagi turnir. Men Torresni asosiy tarkibga tushiraman demayman. U "Atletiko"ga qarshi o'ynashga tayyorligini ham bilaman. U bundan qochmaydi. Torres "Atletiko"ning muxlisi. Biz u bilan har doim ispan futboli haqida gaplashamiz. Lekin u professional. Men aniq bilaman, u maydonga tushadigan daqiqalarda faqat "CHelsi" uchun xizmat qiladi. Meni "CHelsi"da yakunlayman qolgan ishim bor. Bu CHempionlar ligasi. Men har doim eng yaxshisiga intilganman va intilaman. lekin bazida yutasan, bazida esa yo'q.
Fikrlar