So’nggi yangiliklar

16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  1 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  14

Jo'ra Xonnazarov xalqaro turniri. “Bunyodkor-2001” yarim finalda Yangiliklar

Jo'ra Xonnazarov xalqaro turniri. “Bunyodkor-2001” yarim finalda

Toshkentdagi “CHilonzor” stadionida Jo'ra Xonnazarov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergandik.
Bugun ushbu musobaqaning guruh bosqichi doirasidagi so'nggi uchrashuvlar bo'lib o'tdi. “Bunyodkor-2001” mazkur turda Jizzax shahri jamoasi bilan guruh g'olibligi uchun kurash olib bordi. Ushbu o'yingacha har ikkala jamoada bittadan g'alaba borligi va guruhdan faqat birinchi o'rinni egallagan jamoagina keyingi bosqichga chiqishi bois uchrashuv ahamiyati katta bo'ldi.

Uchrashuvda birinchi bo'lib jizzaxliklar hisobni ochishdi. Vaziyatni o'nglash uchun toshkentliklar katta kuch bilan oldinga o'tishdi. Bu harakatlar ko'p o'tmay samarasini berdi. Burchakdan oshirib berilgan to'pni Jasur Holdorov chiroyli tarzda darvozaga joylab qo'ydi – 1:1. Keyingi daqiqalarda o'yin tempi biroz tushdi. Lekin birinchi taym yakunlanishiga bir necha daqiqalar qolganida jizzaxliklar yana hisobda oldinga o'tib olishdi – 1:2.

Ikkinchi bo'limda “qaldirg'ochlar” muvozanatni tiklashga urunishdi va o'z niyatlariga erishishdi. Burchakdan oshirib berilgan to'pni Zokir Hasanov darvozaga aniq yo'llab, hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Har ikkala jamoa uchun qiyin kechgan bahs jangavor durang bilan yakun topdi.

“B” guruhi. Yakuniy jadval

# Jamoa O' YU D M T-F O
1 “Bunyodkor” 2 1 1 0 11-2 4
2 “Jizzax” 2 1 1 0 6-3 4
3 “CHirchiq” 2 0 0 2 1-13 0


“Qaldirg'ochlar” to'plar farqiga ko'ra guruhda birinchi o'rinni egallashdi. “Bunyodkor-2001” yarim finalda “Lokomotiv” bilan bellashadi. O'yin “CHilonzor” stadionida soat 10:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика