Jerrard uch hafta maydonga tusha olmaydi
13 fev 2015 07:29
Yangiliklar

Jerrard uch hafta maydonga tusha olmaydi
"Liverpul" sardori Stiven Jerrard sonidagi jarohat tufayli yana uch hafta davolanadi.
Mersisayd derbisida "Everton"ga qarshi o'ynagan futbolchi o'tgan seshanba "Tottenxem"ga qarshi bahsni ham (3:2) asosiy tarkibda boshladi.
Jerrard oyog'ida og'riq his qilib 68-daqiqada maydonni tark etdi. CHuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan so'ng sardorning jarohati jiddiy ekanligi malum bo'ldi.
Liverpool Echo nashrining xabariga ko'ra, Stiven ikki-uch hafta maydonga tusha olmaydi. Jerrard Angliya kubogi doirasidagi "Kristal Pelas", Evropa ligasi doirasidagi "Beshiktosh" va Premer-Liga doirasidagi "Sautgempton"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Agar Stivenning tiklanishi cho'zilib ketsa "Beshiktosh"ga qarshi javob bahsini va 1 martdagi "Manchester Siti" bilan o'yinda ham ishtirok etmasligi mumkin.
Ayni paytda Brendan Rojers Lukas Leyvaning xizmatidan ham foydalana olmaydi.

Fikrlar