So’nggi yangiliklar

10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  6 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  1 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  6 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  7 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  6 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  11 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  25 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  49

Jerrard "Oltin to'p" olmadi, ammo qalbimizni egalladi (fotogalereya) Yangiliklar

Jerrard "Oltin to'p" olmadi, ammo qalbimizni egalladi (fotogalereya)

"Liverpul" yarim himoyachisi Stiven Jerrard kecha "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda (1:3) o'zining "Enfild"dagi so'nggi o'yinini o'tkazdi.

Ushbu futbolchi hayoti va faoliyati haqida kichik fotogalereyani etiboringizga havola etamiz.


Stiven Jorj Jerrard 1980 yil 30 may kuni Liverpulning Uiston shaharchasida dunyoga kelgan



U 8 yoshida "Liverpul" akademiyasida tahsil ola boshladi



U "Liverpul" bilan o'zining birinchi professional shartnomasini 1997 yil 5 noyabrda imzolagan.



Jerrard 1998 yil 29 noyabr kuni "Liverpul" safida debyut qilgan. U "Blekbern Rovers"ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida Vegard Xeggemni o'rniga maydonga tushgan.



Jerrard o'zining birinchi golini 1999 yil 5 dekabrda "SHeffild Uensdey" darvozasiga urgan.



2000/01 mavsumda u birinchi sovringa erishgan. "Liverpul" o'sha mavsumda Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi va UEFA Kubogida zafar quchgan.



2004 yil 20 sentyabr kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda Stivi Ji jarohat oladi. Ammo omadsiz boshlangan ushbu mavsum, Jerrard faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli yilga aylanadi.

O'sha mavsum "Liverpul" Istambulda CHempionlar ligasi finalida "Milan" bilan to'qnash keladi. Birinchi bo'limda italiyaliklar "Liverpul" darvozasini 3 marotaba aniq nishonga oladi. Tanaffusdan so'ng Jerrad o'z jamoasining gollar seriyasini boshlab beradi. Vladimir SHmicer birozdan so'ng hisobni 2:3 ko'rinishiga olib keladi. Keyinroq esa  "Milan" futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida Jerrardni yiqitadi va Xabi Alonso penaltini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtiradi.



"Liverpul" penaltilar seriyasida g'alaba qozonadi va Jerrad ECHL tarixida sovrinni boshi uzra ko'targan ikkinchi yosh sardor bo'lgan.



2015 yil 7 yanvar. Jerrard MLSda ishtirok etuvchi "Los-Anjeles Gelaksi" bilan shartnoma imzolagani haqida xabar qildi.



Jerrard Kevin Kigan qo'l ostida 2000 yil 31 may kuni Ukrainaga qarshi o'yinda Angliya terma jamoasi safida debyut qildi.



2006 yil Angliya - Portugaliya o'rtasidagi jahon chempionati chorak final uchrashuvida hisob ochilmaydi. Penaltilar seriyasida Jerrard Angliya terma jamoasining gol ura olmagan 3 nafar futbolchisidan biriga aylanadi va inglizlar mundialni tark etadi.



2010 yilgi jahon chempionati oldidan Jerrard terma jamoa sardoriga aylanadi. 1/8 finalga chiqqan inglizlar Germaniya to'sig'idan (1:4) o'ta olmay, yana uyga quruq qo'l bilan qaytishadi.



2014 yilda Stiven Jerrard Angliya terma jamoasi bilan mundialning guruh bosqichidan so'ng o'yga qaytishadi. Urugvay va Italiya terma jamoalariga (1:2, 1:2) mag'lub bo'lgan inglizlar, so'nggi uchrashuvda Kosta-Rika bilan durang qayd etadi.



Stiv Ji 2007 16 iyunda mashhur britan modeli Aleks Kurran bilan turmush quradi. Hozirda ularning Lili-Ella, Leksi va Lurdes ismli uch qizi bor.



Kecha "Liverpul" sardori o'zining "Enfild"dagi so'nggi o'yinini o'tkazdi.

STEVEN GERRARD - YOU'll NEVER WALK ALONE!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика