"Liverpul" futbolchisi Stiven Jerrard hozircha faoliyatini yakunlash niyati yo'qligini aytib o'tdi.
"Kelayotgan yozda faoliyatimni yakunlamayman. Keyingi mavsumda ham to'p tepaman. Hozircha, "Liverpul"da qolamanmi yo'qmi bilmayman. Buni klub hal qiladi", - deydi futbolchi.