Jentile: "Maradoni kaminani va onamni haqorat qilgan, ammo bu narsa meni yanada ruhlantirib yuborgan"
12 may 2015 14:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/171826_original.jpg)
![](/upload/storage/171826_220.jpg)
Jentile: "Maradoni kaminani va onamni haqorat qilgan, ammo bu narsa meni yanada ruhlantirib yuborgan"
Jamoalar turnirning ikkinchi turida to'qnash kelishgan va italiyaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. O'sha uchrshuvda Jentile Diego Maradonaning "shaxsiy qo'riqchisi"ga aylangan va o'yin davomida bir necha marta qo'pollik ishlatgan. Ko'pchilikning fikricha, hakam Jentileni maydondan chetlatishi kerak bo'lgan.
"Men o'ng qanot himoyada o'ynardim, Maradona esa markazda. Ammo bosh murabbiy Enco Bearzot mendan Diego Maradonaga qarshi o'ynay olishimni so'radi. Bu borada muammo yo'qligini aytdim, ammo keyinroq afsuslandim. Orqaga yo'l yo'q edi. Maradona kaminani va onamni haqorat qildi, umuman olganda u og'ziga kelganini gapirdi. Ammo bu narsa meni yanada ruhlantirdi va o'z vazifamni yaxshi bajarayotganimni tushundim. Maradona o'z jamoasining mag'lubiyatini oldini ola bilmadi. O'yindan so'ng Maradona aytganidek biz qo'pol o'ynadik deya olmayman. Ularda ham Passarella, Tarantini, Galego kabi juda qo'pol o'yinchilar bor edi" - deydi Jentile.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar