Jeng Ji – Yilning eng yaxshi futbolchisi!
26 noy 2013 19:57
Yangiliklar


Jeng Ji – Yilning eng yaxshi futbolchisi!
Xitoy terma jamoasi azosi Jeng Ji faoliyatida birinchi bor OFK tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
SHuni aytib o'tish
lozim, Jeng Ji bu sovrinni qo'lga kiritgan birinchi xitoylik futbolchi bo'ldi.
Jeng Jining joriy mavsumda amalga oshirgan eng katta ishi klubi “Guangju Evergrand” bilan OCHLda g'olib chiqqani bo'ldi. Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchi o'z vaqtida “Seltik” va “CHarlton Atletik” singari klublarda ham to'p tepgan. U eng yaxshi bo'lish uchun kurashda eronlik Javod Nekunam bilan koreyalik Xa De Sungni ortda qoldirdi.

Fikrlar