Jeko "Manchester Siti"dan ketmaydi
20 iyu 2015 22:52
Yangiliklar
Bu haqda futbolchining agenti Irfan Redzepajich malum qildi.
"Bu yangiliklarni o'qiyotganingda, barcha klublar Jekoni xarid qilishni istayapti deb o'ylaysan. Har kuni turli klublar haqida gap ketadi. Avvaliga "Atletiko" edi, keyin "Yuventus", endi "Roma" va "CHelsi". Bularning barchasi mish-mish. Bu yolg'on ekanligini qaytarishdan charchadim. Jekoning "Manchester Siti" bilan shartnomasi bor" - deydi agent.

Fikrlar