Jeymi Pacheko: "Ikkinchi bo'limdagi "Paxtakor"ga yutqazdik"
04 mar 2015 01:35
Yangiliklar

Jeymi Pacheko: "Ikkinchi bo'limdagi "Paxtakor"ga yutqazdik"
OCHL 2-tur doirasidagi "Al SHabab" - "Paxtakor" (2:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Al SHabab" bosh murabbiyi Jeymi Pacheko ishtirok etdi.
Jeymi Pacheko: Bugun jangovor durang bo'ldi. Guruhimizdagi barcha jamoalarning kuchlari teng. Birinchi bo'limda jamoam yaxshi o'ynab turgandi. Biroq ikkinchi taymdagi "Paxtakor"ning o'yini bizga qimmatga tushdi. Tanaffusdan so'ng o'z darvozamizdan birin-ketin ikkita gol o'tkazib yubordik.
- Butun o'yin davomida maydonga harakat qilib, ter to'kib, jamoasi foydasiga penalti ishlagan va muhim golni kiritgan futbolchi turganida, ikkinchi bo'limda maydonga tushib, bor yo'g'i 35 daqiqa to'p surgan futbolchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lishiga nima deysiz?
- Mening barcha futbolchilarim yaxshi va men ularni o'z farzandlarimdek ko'raman. Bu borada faqat shuni aytishim mumkin.
- Jamoa nega g'alabani qo'ldan boy berdi?
- CHunki "Paxtakor" oddiy jamoa emas. Ular ham g'alaba uchun astoydil kurashishdi va natijada jangovor durang qayd etildi.

Fikrlar