So’nggi yangiliklar

15:55Жек Грилиш А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 15:22"Наполи" "Арсенал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:51Рэшфорд "Барселона"га ўтиш учун маошини пасайтириши мумкин  1 14:22"Милан" "Манчестер Сити"нинг Рейндерс бўйича таклифини рад этди  2 13:58АПЛ клуби ёзги трансферлар ойнасида 180 миллион евро сарфлашга тайёр  1 13:30Ди Мария "Бенфика"ни тарк этмоқчи  0 13:04Де Брюйне фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттиришини истисно қилмади  2 12:38"Реал" футболчиси тез орада фаолиятини якунлашини маълум қилди  6 12:11Сане АПЛ клубига текинга ўтиши мумкин. "Бавария" вингерининг қиз дўсти Англияга қайтишни истамоқда  7 11:44"Динамо" футболчилари "Бухоро"га қарши ўйин ҳақида қандай фикрлар билдиришди?  0 11:32"Реал" сотиб юборган футболчисини қайта харид қилиши мумкин  16 11:15"Бухоро" футболчилари "Динамо"га қарши ўйин ҳақида қандай фикрлар билдиришди?  0 11:05Sofascore. "Ал Файха" ғалаба қозонган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  0 10:38“Реал Мадрид“ ПСЖнинг етакчиларидан бирини сотиб олмоқчи  19 10:10Финалда мағлуб бўлган Гвардиола ўйин ҳақида нималар деди?  18

JCH-2015. Raqibimiz Senegal U20 haqida Yangiliklar

JCH-2015. Raqibimiz Senegal U20 haqida

Yangi Zelandiyada o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining nimchorak finalida O'zbekiston U20 senegallik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu jamoaning guruhdagi o'yinlari va nimchorak final uchrashuvi haqida malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.

Portugaliya U20 - Senegal U20 3:0


Afrika qitasi vakillari kichik mundialdagi ilk o'yinida Portugaliya yoshlariga qarshi maydonga tushdi. Evropaliklar bahsning ilk daqiqasida hisobni ochdi. Senegal futbolchilari kichik mag'lubiyatga qanoat qilib turgan paytda, uchrashuvning 90 daqiqasida Andre Silva hisobni 2:0ga etkazdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Nuno esa o'z jamoasiga yirik g'alabani taqdim etdi.

Senegal ushbu o'yinda 11ta zarba berdi va bu zarbalarning bor-yo'g'i 2tasi aniq bo'ldi.

Portugaliya U20 - Senegal U20 3:0

Gollar: Martins 1, Andre Silva 90, Nuno 90+2.

Portugaliya U20: Andre, Nunes, Rafa, Tomas, Gucco, Ardre Silva, Roni Lopes (Ivo 83), Rikuicho, Duarte, Martins (Nuno 89), Guedes (CHiko Ramos 73).

Senegal U20: Ibou , Sane, Eli Sisse, Ibou Vaji, Sidy Sarr, Ndiae (F. Niang 66), Silla, Kone (Faye 71), Vage, Rojer Gomis, Tiam (M.Niang).

Ogohlantirishlar: Ndiae, Rojer Gomis.



Senegal U20 - Kolumbiya U20 1:1


Senegal yoshlari ikkinchi turda kolumbiyalik tengqurlariga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda kichik ustunlik Kolumbiya U20 tomonda bo'ldi. Bahsning 23 daqiqasida Tiam hisobni ochdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida kolumbiyalik Sapata penaltidan hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv shu hisob bilan yakunlandi.

Senegalliklar bu bahsda raqib darvozasiga 11 marotaba zarba berdi va bu zarbalarning 3tasi aniq bo'ldi.

Senegal U20 - Kolumbiya U20 1:1

Gollar: Tiam 23, Sapata 43 (pen.).

Senegal U20: Ibou, Sane, Eli Sisse, Ibou Vaji (M.Niang 49), Sidy Sarr, Ndiae, Silla, Kone (Anda Korrea 89), Vage, Rojer Gomis, Tiam (Ndione 66).

Kolumbiya U20: Montero, Jeyson, Kuintero, Telo, Sapata, Joao (Barrera 77), Vilyarreal, Luchumi (Otero 73), Sanches, Guterres, Santos (Ibarguen 84).

Ogohlantirish: Rojer Gomis.



Senegal U20 - Qatar U20 2:1


Senegal nimchorak finalga chiqishi uchun ularni faqat g'alaba qoniqtirar edi. 17 daqiqada qatarliklar hisobni ochib Senegal yoshlarining ahvolini yanada og'irlashtirdi. Ammo tanaffusda murabbiydan kerakli ko'rsatmalar olgan afrikaliklar ikkinchi bo'limda uchrashuv natijasini o'z tomoniga og'dira oldi. Avvaliga Silla 76 daqiqada hisobni tenglashtirdi, keyin esa Kone o'z jamoasiga g'alabani olib berdi.

Senegal yoshlari raqib darvozasiga 21 marotaba zarba berdi, bularning 5tasi aniq.

Senegal U20 - Qatar U20 2:1

Gollar: Afif 17, Silla 76, Kone 81.

Senegal U20: Ibou, Sane, Eli Sisse, Ibou Vaji (Remi Nassalan 57), Sidy Sarr, Ndiae, Silla, Kone, Vage, Sou (M.Niang 73), Tiam (Anda Korrea 88).

Qatar U20: Hasan, Almuhza (Hisham 67), SHanin, Abdulla (Alsadi 64), Abdu, Alharji, Aljalabi (Albark 72), Moyn, Afif, Moez, Tariq.

Ogohlantirishlar: Sane, Sidy Sarr, Vage.



Nimchorak final

Ukraina U20 - Senegal U20 1:1 (pen. 1:3)


Senegal bu bosqichda ham iroda ko'rsatdi. Afrikaliklar 70 daqiqada gol qo'yib yubordi va o'yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda Sidy Sarr hisobni tenglashtirdi. Qo'shimcha bo'limlarda ham gol bo'lmaganidan so'ng navbat penaltilar seriyasiga keldi. Ushbu pallada senegalliklar darvozaboni Ibou katta sahnaga chiqdi. Afrikalik posbon zarbadan avval emas, zarbdan keyin to'pga otilib jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. U tepilgan barcha penaltini yo'nalishini aniq topdi, ammo bittasini qaytara olmadi. SHunday qilib Ibou tufayli Senegal U20 chorak finalga yo'l oldi.

Ukraina U20 - Senegal U20 1:1 (pen. 1:3)

Gollar: Besedin 70, Sidy Sarr 83.

Ukraina U20: Sarnavski, Kacharaba, Burda, CHumak, Polegenko, Kabaev (Nemetinov27, Yaremchuk 91), Besedin, Lushkevich, Kovalenko (Gabelok 118), Sobol, Xaratin.

Senegal U20: Ibou, Sane, Eli Sisse, Sidy Sarr, Ndiae, Silla, Kone (Sou 99), Vage, Rojer Gomis, Tiam (M.Niang 75), Remi Nassalan (Ibou Vaji 109).

Ogohlantirishlar: Ndiae, Kone.



Senegal U20 kichik mundialda birinchi taymda bor yo'g'i bir marotaba gol urgan. Afrikaliklar ko'proq irodali o'yin namoyish etadi. Ularning jismoniy holati ikkala taymda ham bir hil futbol namoyish etish imkonini beradi. Senegalliklar safida Ndiae O'zbekiston U20ga qarsh uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Senegal yoshlari jamoaviy o'yinda kuchli. Darvozabon Ibou esa hujumchilarimizga etarlicha muammo tug'dirishi mumkin.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика