So’nggi yangiliklar

00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Дарвозабоннинг ПСЖ билан шартномаси 2026 йилда тугайди, футболчи КЖЧ битимни узайтириш борасида қарор қабул қилади  0 23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  18 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  15 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2

Javohir Sohibov: "Biz hali o'zimizning optimal o'yinimizni ko'rsata olmadik" Yangiliklar

Javohir Sohibov: "Biz hali o'zimizning optimal o'yinimizni ko'rsata olmadik"

Yangi Zelandiyada davmom etayotgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslarining 3-turiga ham start berildi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 3-turda Fidji yoshlariga qarshi maydonga tushadi va bu uchrashuvdagi g'alaba Ravshan Haydarov shogirdlariga guruhdan chiqish imkonini yaratishi mumkin. Albatta, parallel ravishda kechadigan Germaniya – Gonduras uchrashuvi natijasi ham ushbu vaziyatga tasir qilishini unutmaslik lozim.

"Markaziy Osiyo jamoasi guruhdagi har ikki uchrashuvda o'zidan yomon taassurot qoldirgani yo'q. O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida istedodli yoshlarga qarab turib, ularning ko'zidagi shijoat, mag'lubiyat alamini payqash mumkin. Vangarey shahrida Fidjiga qarshi kechadigan uchrashuv mazkur turnirda ular uchun eng muhim uchrashuvga aylanishi mumkin. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi dastlabki ikki uchrashuvdagi mag'lubiyatga qaramay, guruhdan chiqish imkoniyatini yo'qotgani yo'q. Guruhdagi uchinchi o'rin keyingi bosqichiga chiqish uchun etarli bo'lmasligi mumkin, ammo ikkinchi o'rin uchun hamon imkoniyat bor, deyiladi FIFA.COM saytida.

Har ikkala uchrashuvda jamoasini oldinga boshlagan, mag'lubiyatlarda hammadan ko'p aziyat chekkan va uchinchi hal qiluvchi o'yinda jamoasini oldinga boshlaydigan o'yinchi sifatida terma jamoa sardori Javohir Sohibovga alohida etibor qaratishingizni so'raymiz, - deydi FIFA rasmiy sayti.

Germaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuv yakunlangach, FIFA.COM sayti muxbiri terma jamoamiz echinish xonasiga kelib terma jamoa sardori Javohir Sohibov bilan intervyu uyushtirdi. Terma jamoa sardori FIFA rasmiy sayti muxbiri bilan suxbatda O'zbekiston yoshlar terma jamoasining navbatdagi o'yini, Jahon chempionati bahslari haqida o'z fikrini bildirdi.

“Bu turnir men ko'rganlarim ichida eng kuchlisi”, - deya gap boshladi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi sardori. Ushbu turnirda har qanday jamoa, istalgan jamoani mag'lub eta olishi mumkin. Buni o'z ko'zimiz bilan ko'rdik. Biz g'alaba uchun nima qilishimiz lozimligini yaxshi bilamiz. Qiyin, ammo buni uddalay olamiz. Men hamon terma jamoamizning nimchorak finalga chiqa olishiga kuchi etadi deb o'ylayman va bunga ishonaman”, - deydi Sohibov.

"Biz hali o'zimizning optimal o'yinimizni ko'rsata olmadik. Fidjiga qarshi bahsda faqat g'alaba bizni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Aynan ushbu g'alabadan so'ng bizning kelajagimiz haqida gapirsa bo'ladi", deydi "Paxtakor" yarim himoyachisi.

Turnirdagi ilk matbuot anjumanida O'zbekiston yoshlari bosh murabbiyi Ravshan Haydarov har bir jamoaning o'z tarixi mavjudligini gapirib o'tgan edi. Albatta, ikki yil avval Turkiyada bo'lib o'tgan mundialda O'zbekiston ko'rsatgan natija mazkur terma jamoa uchun hozircha ushbu turnirlardagi eng yaxshi natija ekanini takrorlagan holda, bu safar O'zbekiston ushbu natijani yangilashga intilishini aytgan edi. “Har bir jamoaning o'z tarixi bor. Ikki yil oldingi terma jamoaning o'z tarixi, bizning esa o'z tariximiz. Uni yaratish har kimning o'z qo'lida”, - dedi Haydarov.

Kraystcherchdagi ilk ikki uchrashuvda mag'lub bo'lgach o'z ehitiroslarini biroz hayajonini yashirishga uringan holda Javohir Sohibov sardor sifatida muhim uchrashuvda jamoasini oldinga boshlashga va uchrashuvda borini berib o'ynashga vada berdi.

“Hali o'zimizni ko'rsata olganimiz yo'q. Fidjiga qarshi bor kuchim va mahoratimni ishga solaman. Biz hozir mag'lubiyatlar haqida o'ylamayapmiz. Oldimizda Fidjiga qarshi muhim uchrashuv. Biz ularga qarshi o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz. Bizni hisobdan chiqarishga hali vaqt bor”, - deydi 20 yoshli futbolchi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zlari uchun finalga teng o'yinda Fidjiga qarshi to'p suradi. Aynan mana shu o'yin Yangi Zelandiyada kuchli 16ta terma jamoa orasida qolish yoki qolmaslikni belgilab berishi mumkin. SHundagina ular ikki yil oldingi natijani takrorlashga imkoniyatga ega bo'ladilar.

FIFA.COM  saytidan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика