So’nggi yangiliklar

20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  0 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  1 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0

Javohir Rasulov: “Kelasi yil ham “Neftchi”da qolishga qaror qildim” Yangiliklar

Javohir Rasulov: “Kelasi yil ham “Neftchi”da qolishga qaror qildim”

Bu yil “Neftchi” safida kashfiyot o'yinchilaridan biri bo'lgan Javohir Rasulov muxlislarda iliq taassurot qoldirdi.
Markaziy yarim himoyada aqlli to'p uzatishlari va o'z vaqtida raqib hujumlarini buzishda faollik ko'rsatib, mutaxassislar nazariga ham tushdi. Olimpiya terma jamoamiz ustozi SHuhrat Maqsudov ham farg'onalik futbolchini har gal yig'inlarga taklif etmoqda. Javohirga oliy liganing ayrim klublaridan qiziqish bo'layotganini inobatga olib, shu va boshqa bir nechta savollar bilan uning o'ziga murojaat qildik.

- Javohir, bu yil “Neftchi”ning asosiy tarkibida o'ynash bilan bir qatorda OTJning har gal tashkil etgan yig'inlarida ham ishtirok etdingiz. SHu bois aytingchi siz uchun uzoq davom etgan mavsum toliqtirib qo'ymadimi?

- Yo'q aytarli charchoq alomatlari sezilmadi desam ham bo'ladi. Ayni paytda tatilga chiqqanmiz. Oilam davrasida xordiq chiqaryapman. SHu bilan birga sport  formamni yo'qotmaslik uchun individual mashg'ulotlarni o'tamoqdaman.

- Agarda statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, bu yilgi chempionatda 15 ta uchrashuv o'tkazganingizni ko'rishimiz mumkin. Bu siz uchun qoniqarlimi yoki aksincha?
- Futbolchi uchun qancha ko'p o'yin bo'lsa, shuncha yaxshi. Lekin har doim ham asosiy tarkibga kirish oson emas. Buning uchun mashg'ulotlarda ishlab, o'zingizni ustun jihatlaringizni namoyon etishingiz talab etiladi. Men ham har bir uchrashuvda ishtirok etib, imkon qadar jamoam muvaffaqiyatlariga hissa qo'shishni xohladim. Ochig'ini aytganda, 15ta o'yin o'tkazganimni qoniqarli desa bo'ladi. 

- Demak, ortda qolgan mavsumdan ko'nglingiz to'ldi. SHundaymi?
- 80 foiz qoniqdim deya olaman. Ko'p uchrashuvlarda yutib turib, o'yin tugashiga oz vaqt qolganida mag'lub bo'ldik. Agarda mana shunga o'xshash o'yinlarda ham yutganimizda mavsumdan to'liq qoniqish hosil qildim degan bo'lardim.

- Bu yil “Neftchi” chempionatda 8-o'rinni egalladi. Bu haqda har kim turlicha fikr bildirmoqda. Siz qanday munosabatdasiz?
- Men bir narsani aytishim mumkin. 2015 yilgi mavsum biz uchun omadli kelishiga ishonaman!

- Siz harakat qilgan chiziqda Aleksandru Onika ham bor. U bilan bo'lgan raqobat haqida fikringiz qanday? Moldaviyalik legionerning ustun tomonlari nimada?
- Onikani inson sifatida hurmat qilaman. Aleksandru professional futbolchi. Uning ustun jihatlarini mendan ko'ra, murabbiylar aytgani maqul.

- Umuman yarim himoyadagi boshqa sheriklaringiz haqida to'xtalib o'tsangiz?
- Ruslan Melzitdinov bilan Pavel Smolyachenkoning ham tajribasi katta. Ular bu yil markazda yaxshi juftlik xosil qildi. Qolaversa davralar oralig'ida safimizga kelib qo'shilgan Sardor Mirzaev, Akmal Xolmatov va Umid Qodirovning ham katta foydasi tegdi deb hisoblayman. Ayniqsa Akmal akani men kabi endi-endi asosiy tarkibda o'ynay boshlayotgan yigitlar uchun foydasi ko'p tegdi. Mavsum davomida foydali maslahatlar berib, ruhlantirib turdi.

- Markaziy yarim himoyachi sifatida sizga qay biri qulay: jamoangizning yangi hujumini tashkil etishmi yoki raqibning hujumini buzishmi?
- Maydonga chiqqanda butun fikru-zikrimni jamoam muvaffaqiyatiga qarataman. Buning uchun maydonning qaysi joyida bo'lmayin, raqibimga yutqazmaslikka intilaman. Menga ko'proq himoyachilarimizga yordam bergan xolda, raqibning havflarini bartaraf etish qulay.

- Bu yil o'zingiz ishtirok etgan qaysi o'yinlarda raqib yarim himoyasini yorib o'tish qiyin kechdi?
- O'z maydonimizda “Buxoro” bilan uchrashuvda qiynaldik.

- Mavsum poyoniga etgach o'zingizda qanchalik o'sishni his qildingiz?
- To'g'risi, asosiy tarkibda o'ynay boshlaganimdan keyin o'sishga erishganimni his etdim. Baribir katta futbol boshqacha. Lekin bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Va yana o'z ustimda ishlab, yanada yuqori darajaga ko'tarilishni istayman. Jamoamiz murabbiylar shtabi va uning ashaddiy muxlislarini xursand qilish uchun astoydil harakat qilaman.

- SHartnomangiz tugab borayotganidan xabarimiz bor. Kelgusi taqdiringizni qaysi jamoa bilan bog'lamoqchisiz?
- Ha, “Neftchi” bilan amaldagi shartnomam 31 dekabr kuni o'z kuchini yo'qotadi. Hozircha oldimda ikkita variant bor. Lekin hozir bu takliflarni ko'rib chiqayotganim yo'q. CHunki kelasi yil ham yana “Neftchi”da qolishni o'ylayapman. Jamoaning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shmoqchiman.

- O'z poziciyangiz bo'yicha bu yil oliy ligadan sizga qaysi o'yinchilarning harakatlari yoqdi?
- Bu borada “Nasaf” azosi Erkin Boydullaev va “Olmaliq”ning tunislik legioneri SHaker Zuagini ko'rsatgan bo'lardim.

- Mavsum-2014dan kelib chiqib, o'z ramziy terma jamoangizni tuzib bersangiz.
- Mayli. 4-5-1 taktikasi bo'yicha tuzaman.
Darvozabon: Eldor Suyunov. Himoyachilar. O'ng qanotda, Davron Hoshimov. Markazda: Jahongir Mehmonov va Islom To'xtaxo'jaev. CHap qanotda: Aleksandr Merzlyakov. Yarim himoyachilar. O'ng qanotda: Sardor Mirzaev. Markazda: Jamshid Iskanderov, Mansur Saidov va Erkin Boydullaev. CHap qanotda: Artur Gevorkyan. Hujumda: Zohir Qo'ziboev.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика