So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Janubiya Koreyalik murabbiylar andijonlik bolalarga mashg'ulot o'tkazdi FOTO Yangiliklar

Janubiya Koreyalik murabbiylar andijonlik bolalarga mashg'ulot o'tkazdi FOTO

Bugun Andijon shahrining SHo'rbuloq dahasida joylashgan “Ixtisoslashtirilgan futbol maktab internati”ga koreyalik murabbiylar kelib bolalarga mashg'ulot o'tkazdi.
“KOREA CENTRAL ASIA CARAVAN-2014” loyihasiga ko'ra, Janubiya koreyalik taniqli sobiq futbolchi Son CHon Guk boshchiligidagi murabbiylar guruhi  19-21 noyabr kunlari Toshkent, Farg'ona va Andijonda yoshlarga mashg'ulot o'tkazdi.

Janubiya koreyaning yurtimizdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur o'quv kursi mamlakatimiz yoshlarining yanada tajriba orttirishiga sabab bo'lishi tayin.

Mehmonlar SHo'rbuloq dahasidagi suniy maydonga soat 14:00ga yaqin tashrif buyurdi. SHuningdek Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchisi ham master klassni bevosita stadionda turib kuzatish maqsadida qadam ranjida qildi. Tadbirni dastlab aynan ushbu elchi ochib berdi.

SHundan so'ng 4 kishidan iborat murabbiylar guruhi 40dan ziyod bolalar bilan mashg'ulot o'tkazdi. Son CHon Guk dastlab bolalarni guruhlarga ajratib olib, so'ngra yordamchilari bilan birga o'z bilganlarini amalda namoyish etdi. Qariyib ikki soat davom etgan o'ziga xos master klass yoshlar uchun qiziqarli va shu bilan birga har tomonlama foydali o'tdi deyish mumkin. Mashg'ulot so'nggida murabbiylar 30 daqiqadan iborat ikki taym futbol o'tkazdi. Etiborlisi Son CHon Guk yoshlar jamoasida harakat qilib, ajoyib to'p oshirishlari bilan yoshlarga saboq berdi.

SHu tariqa o'quv-mashg'ulot yakuniga etdi va uning so'nggida koreyalik murabbiylar mashg'ulotga olib kelingan 50ga yaqin to'plarni bolalarning har biriga sovg'a qildi.

Darvoqe, koreyalik yosh murabbiylar bundan oldin Toshkent va Farg'ona shaharlarida ham bo'lib, yoshlarga mashg'ulot o'tkazishgan.


Islombek Rustambekov.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика