Janubiy Koreya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi o'yin uchun tarkibni elon qildi
20 mar 2015 11:27
Yangiliklar


Janubiy Koreya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi o'yin uchun tarkibni elon qildi
Terma jamoa bosh murabbiyi 27 mart kuni O'zbekiston, hamda 31 mart kuni Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlariga 23 nafar futbolchini tarkibga jalb etgan. SHuningdek, 23 nafar futbolchidan tashqari, Uli SHtilike yana 6 nafar futbolini zaxira o'yinchilari sifatida ro'yxatga kiritgan.
Bular: Li Bum Yong ("Busan"), Li Ju Yong ("CHonbuk"), Jeong Dong Xo ("Ulsan"), Kim Min Vu ("Sagan Tosu"), CHo Yeong CHol ("Qatar SK"), Kim SHin Vuk ("Ulsan").
Qayd etish lozim, mazkur tarkibda Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo Kubogida ishtirok etmagan bir qator futbolchilar bor va bosh murabbiyi O'zbekiston hamda Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinlarda ushbu futbolchilarni sinovdan o'tkazadi.
Janubiy Koreya terma jamoasining O'zbekiston hamda Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o'yinlar uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Kim Jin Xyon ("Serezo Osaka",Yaponiya), Kim Seung Gyu ("Ulsan Jyonde").
Himoyachilar: Jang Xyon Su ("Guanjou Buri", Xitoy), Kim CHang Su ("Kashiva Reysol", Yaponiya), Kim Yong Gvon ("Guanjou Xongda", Xitoy), Kvak Te Xvi ("Al-Hilol", Saudiya Arabistoni), Kim Jin Su ("Xoffenxaym", Germaniya), Yun Sok Yong ("KPR",Angliya), Kim Ju Yong ("SHanhay", Xitoy), Kim Ki Xi ("CHonbuk"), CHa Du Ri ("Seul").
Yarim himoyachilar: Ki Song Yong ("Suonsi", Angliya), Ku Ja CHol, Park Ju Xo (ikkalasi "Maynz", Germaniya), Kim Bo Kyong ("Uigan Atletik", Angliya), Xan Kuk Yong ("Qatar SK", Qatar), Nam Te Xi ("Laxviya", Qatar), Xan Kyo Von, Li Je Song (ikkalasi "CHonbuk"), Kim Un Son ("Suvon").
Xujumchilar: Ji Dong Von ("Augsburg", Germaniya), Li Jong Xyob ("Sangju Sangmu"), Son Xeung Min ("Bayer",Germaniya).

Fikrlar