Janubiy Koreya futbol bo'yicha jahon chempionatida g'olib chiqqan ilk Osiyo jamoasi bo'lishga qaror qildi
23 noy 2013 14:03
Yangiliklar


Janubiy Koreya futbol bo'yicha jahon chempionatida g'olib chiqqan ilk Osiyo jamoasi bo'lishga qaror qildi
Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabariga ko'ra, ushbu bayonot mamlakat futboli 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda elon qilingan.
Xabar berishlaricha, Janubiy Koreya mamlakat erkaklar milliy terma jamoasini 2033 yilga borib, yani, mamlakat futbolining yuz yilligi nishonlanayotgan vaqtda FIFA reytingida kuchli o'nlikda bo'lishi kerak (2013 yil oktyabr oyi reytingida Janubiy Koreya, O'zbekistondan (55-o'rin) keyingi, 56-o'rinda).
Bundan tashqari, terma jamoa futbol bo'yicha jahon chempionatida chempionlikni qo'lga kiritgan ilk Osiyo jamoasiga ham aylanishi kerak. Qayd etish joiz, Osiyo jamoalari shu vaqtgacha futbol bo'yicha JCHlarda yarim finaldan keyingi bosichga chiqa olishmagan.
KFA milliy terma jamoa uchun xalqaro uchrashuvlarni belgilash tartibiga ham o'zgartirish kiritadi. Bundan buyon KFA xalqaro uchrashuvlar muddatini kamida 6 oy oldin kelishadi va o'yinlarin tayinlandi, o'rtoqlik uchrashuvlari esa FIFA reytingida 30-o'rindan yuqori bo'lgan terma jamoalarga qarshi o'tkaziladi. SHuningdek, milliy terma jamoa yig'in o'tkazilishi haqida elon berilganidan so'ng, mamlakat yoshlar va olimpiya terma jamoalari futbolchilari ham kattalar birga shug'ullanishadi.
Janubiy Koreya futboli rahbariyati milliy chempionatda ham qator islohotlar o'tkazishni rejalashtirgan. Jumladan, malum qilishlaricha, yuqori ikki divizion professional jamoalar uchun, 3- va 4-divizionlar yarim professional jamoalar uchun, beshinchi divizion esa havaskor jamolar uchun ajratiladi, KFA esa ayni vaqtda bir-biridan alohida bo'lgan bu ligalarni boshqarish va ularning faoliyatini yuritish jarayonini integraciya qiladi.
SHuningdek, milliy chempionat uchrashuvlariga hakamlarni tayinlash jarayonini shaffoflashtirish uchun KFA hakamlarni uchrashuvlarga kompyuter orqali avtomatlashtirilgan tartibga tayinlash tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Yonhap’ning KFAga asoslanib xabar berishicha, mamlakat jahon futbol hamjamiyatidagi o'z o'rnini yanada oshirish maqsadida 2017 yilgi yoshlar o'rtasidagi va 2019 yilgi ayollar o'rtasidagi jahon chempionati bahslariga mezbonligini qo'lga kiritishga umid qilmoqda. Janubiy Koreya shu vaqtgacha 2002 yilgi jahon chempionati (Yaponiya bilan birga) va o'smirlar o'rtasidagi 2007 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.

Fikrlar