So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  2 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  0 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  3 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1

Jamshid Saidov: "Yangi mavsumga tayyorgarlik rejalarimiz malum bo'lgan" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Yangi mavsumga tayyorgarlik rejalarimiz malum bo'lgan"

Muborakning "Mashal" klubi navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni 13 dekabrdan boshlaydi.
SHu va jamoaning navbatdagi rejalari haqida asosiy tarkib yordamchi murabbiyi Jamshid Saidov aytib o'tadi.

"Kelyotgan mavsumga belgilangan rejalarimizni ishlab chiqqanmiz va bular tayyor. Bosh murabbiyimiz Aleksandr Xomyakov Rossiyadan 10 dekabr kuni uchib keladi va shundan so'ng barchasi tasdiqlanadi.

Rejaga ko'ra dastlabki yig'inni 13 dekabr kunidan boshlaymiz. Asosan jismoniy holatni tiklashga qaratilgan yig'in Yangierda bo'lib o'tadi. 15 kunlik yig'in yakunining so'nggi kunida bitta nazorat uchrashuvi bilan dekabr oyidagi yig'inni yakunlaymiz. Futbolchilarimiz bayram munosabati bilan qisqa tatilga chiqishadi. 5 yanvar kuni esa jamoa Toshkentda yig'ilib, tibbiy ko'rikdan o'tadi" , - deydi Jamshid Saidov dastlabki rejalar haqida.

- Tarkibda qay darajada o'zgarishlar ko'ramiz?


Albatta bu savolga aniq javobni bosh murabbiy beradi. Meni esa shuni aytib o'tishim kerakki, biz ayni vaqtda o'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan ko'plab futbolchilar bilan keyingi mavsumga ham shartnomalarni qilib bo'lganmiz. Bu ham ijobiy holatdir. Tarkibni o'zgartiraverish bu muvaffaqiyatga olib kelmaydi. Asosiy tarkibni saqlab qolgan holda, qo'shimcha jamoani kuchaytira olishi mumkin bo'lgan yoshlarni jalb etamiz. Tarkibda esa katta o'zgarish bo'lmaydi. Jamoaga asosan birinchi liga va yoshlarimizdan futbolchilar kelib qo'shiladi. Aniq nomlarni aytish qiyin, boisi ko'plab futbolchilar ko'rikda bo'ladi. Eng munosiblarini esa jamoada olib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика