So’nggi yangiliklar

12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  0 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  0 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   4 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  2 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  16 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  12 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1

Jamshid Saidov: "Ushbu g'alaba Buxoro xalqiga bag'ishlanadi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Ushbu g'alaba Buxoro xalqiga bag'ishlanadi"

“Buxoro”-“So'g'diyona” (1:0) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng, matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Buxoro” jamoasi ustozi Jamshid Saidov ishtirok etdi.
“Birinchidan futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. Nihoyat uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdik. Bu g'alabani “Buxoro” PFK o'z muxlislari va Buxoro xalqiga bag'ishlaydi”-deya gap boshladi Saidov.

-Bugungi g'alaba juda kech qo'lga kiritilmadimi?

-Yo'q! Aynan shu uchrashuvda g'alaba bizga juda zarur edi. Endi bizda bir oy vaq bor. Jamoamizni jiddiy tarzda kuchaytirishni maqsad qilganmiz. Bugun esa futbolchilarga tatil elon qilamiz. Yaqin kunlar ichida yig'inni boshlab olamiz.

-Jamoa murabbiylar shtabi qachon tasdiqlanadi?

-Yaqin 3-4 kun ichida nasib bo'lsa hammasi aniq bo'ladi.

-Yig'in to'g'risida nima deya olasiz?

-Birinchi yig'inimiz Toshkentda tashkillashtiriladi. U erda ikki hafta mobaynida jamoa tarkibi shakllantiriladi va yangi tarkib bilan qator nazorat uchrashuvlari tashkil etiladi. SHundan so'ng jamoa Buxoroda, o'z qarorgohida 16-tur uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettiradi.

-Bugungi o'yinda sizningcha penalti bor edi-mi?

-Afsus men o'tirgan nuqtadan ushbu vaziyat yaqqol ko'ringani yo'q. Menga ko'ringani, penalti yo'q edi. Lekin sheriglarim bilan gaplashib olganimda penaltini 50-50 deb baholadim.Nima bo'lsa ham nazoratchilar bor, hakamlarga baho berish ular qo'lida.

-Plamadelani nega almashtirdingiz?

-Unda kichik jarohat bor edi. Ikkinchi bo'limda u oqsoqlana boshladi shu sababli uni almashtirdik.

-Selekciya ishlari boshlandimi?

-Selekciya ishlarini allaqachon boshlab yuborganmiz.

-Ikkinchi davrada mahalliy futbolchilarga imkoniyat beriladimi?

-Mahalliy futbolchilar doim bizda qadrlanadi. Lekin, afsus bugungi kunda hali ularda mahorat etishmayapti. Ulardan umidimiz katta, ularni yuqori cho'qqilarni zabt etishlari uchun qo'limizdan keladigan barcha ishni qilamiz.

-Agamurodov davridagi “Buxoro”ni yana ko'ramizmi?

-U jamoa juda mukammal edi, stabil tarzda o'yin namoish etilardi. Hozir xam SHamakovich bilan yaxshi munosabatdamiz. Doim u kishi bilan maslahatlashib turaman. Nima bo'lgan taqdirda selekciya ishlarini jiddiy tarzda olib boramiz. Birinchi davradan keyin futbolchini jamoaga olib kelish juda qiyin. SHunaqa holatlar bo'ladi-ki, futbolchini o'zi bizga kelishga rozi, lekin jamoasi uni qo'yib yuborishni xoxlamaydi.

Jamoani tark etadiganlar va yangi keladigan futbolchilar to'g'risida hozir hech qanaqa malumot bera olmayman. Hammasi aniq bo'lganidan so'ng rasmiy saytimiz bor, eng aniq malumotni o'sha erdan bilib borasizlar. Hozir shuni vada berishim mumkin-ki, bo'ladigan o'zgarishlarni ko'rgandan keyin barcha shokda bo'ladi. Jamoa raqiblariga jiddiy bosh og'riq bo'ladi. “Buxoro” hali o'z so'zini aytadi! 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика