Jamshid Odilov: “Jizzaxda barqaror va kurashuvchan jamoa tuzishga xarakat qilamiz”
15 jan 2014 16:00
Yangiliklar

Jamshid Odilov: “Jizzaxda barqaror va kurashuvchan jamoa tuzishga xarakat qilamiz”
Yanvar oyining ilk kunlarida “So'g'diyona” rahbariyatida sezilarli o'zgarish yuz berdi.
Yani bungacha ijrochi-direktor lavozimida ishlab kelgan Dilshod Rajabov o'z arizasiga binoan istefoga chiqdi.
Bo'shab qolgan o'ringa esa jamoa rahbariyati Jamshid Odilovni tayinladi. Yangi rahbar futbol jamoatchiligiga begona shaxs emas. Boisi Odilov ilgari futbolchi sifatida “So'g'diyona” sharafini himoya qilgan. 1996 yildan to 2002 yilga qadar maydonda javlon urgan sobiq futbolchi og'ir jarohat tufayli butsalarini mixga ilishga majbur bo'lgandi. Etiborlisi Jamshid Odilov futbolchilik davrini asosan “So'g'diyona”da o'tkazgan. Yaqinda ijrochi-direktor sifatida klubda ish boshlagan Odilov bilan suhbatlashdik.
- 3 yanvar kuni klub rahbarlarining qaroriga ko'ra, “So'g'diyona”da ish boshladim – deya gap boshladi Odilov. – Klubdagi barcha tashkiliy masalalar mening zimmamga yuklatildi. Jizzax futbolining o'sishida o'z hissamni qo'shish uchun bor kuchim bilan ishlashga tayyorman. Nafaqt klub miqyosida balki viloyat futbolining taraqqiy topishiga ham ulushimni qo'shmoqchiman. Tan olish kerak, “So'g'diyona” o'zbek futbolidagi avalgi mavqeini yo'qotib qo'ydi. Etibor bersangiz, oxirgi yillarda biroz xadik bor. Oliy ligaga chiqsak, 1-ligaga tushib ketmasmikin klub degan. SHu bois bu yil Jizzaxda barqaror va kurashchan jamoa tuzishga xarakat qilamiz. Buning uchun klubda birdamlik va o'zaro ishonch bo'lishi kerak. SHundagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
- Ilgari futbolchi sifatida faoliyat yuritganingizni yaxshi bilamiz. Ammo keyinchalik hech qaysi klubda murabbiy sifatida ham sizni uchratmadik. Bu vaqt oralig'ida nimalar bilan shug'ullandingiz?
- Futbolchilikni tugatganimdan so'ng o'zimni tadbirkorlik sohasida sinab ko'rishga ahd qildim. Tashkiliy masalalar borasida qiziqishim yuqori bo'lgani uchun ham biznes sohasida faoliyat yuritish ishtiyoqi kuchlilik qilib kelgan. Jizzaxda shaxsiy mehmonxonam bor. Aynan shu orqali tadbirkorlikni boshlagandim.
- Futboldan uzoqda bo'lgan Odilovning bu yillar davomida “So'g'diyona” o'yinlarini ko'rish uchun ham vaqti bo'larmidi?
- Ha, albatta. CHunki futbolni yaxshi ko'raman. Garchi boshqa sohada mexnat qilgan bo'lsamda, jamoaning har bir o'yiniga borib ko'rishni odat qilib olganman. Har qanday ishni keyinga qoldirib, hattoki safar uchrashuvlariga ham borgan kezlarimiz bo'ldi. Bosh murabbiy Davron aka Fayziev bilan ilgari birga futbol o'ynaganimiz uchun ham u kishi bilan munosabatlarimiz alo darajada. Fayziev 2012 yilda boshqaruvni o'z qo'liga olganidan keyin, klubdagi vaziyat bilan muntazam ravishda tanishib borardim. Qisqacha aytganda, jamoadagi ichki muhitdan xabarim bor edi.
- Ijrochi-direktorning amaldagi vazifalari nimalardan iborat bo'ladi?
- Klubda barcha tashkiliy ishlarni o'zim hal etaman. Menejment va marketing ishlarini ham to'g'ri yo'lga qo'yishni maqsad qilganmiz. Nasib qilsa hammasini asta-sekin amalga oshirib boramiz.
- Klub rahbarining tashkilotchiligi zo'r bo'lsa, natija ham ijobiy kechaveradi degan gap bor. Bu borada sizning ham o'z g'oyalaringiz bo'lsa kerak?
- Albatta, rejalar bisyor. Lekin bilasizmi klubda ish boshlaganimga ko'p vaqt bo'lmadi. Buning uchun malum bir muddat kerak. Aytib o'tganimdek, marketingga katta etibor qaratamiz. Reklama va boshqa masalalar bo'yicha qilinishi joiz bo'lgan bir qator ishlar kutib turibdi.
- Klubda ishni eng birinchi navbatda nimadan boshladingiz?
- O'z qarorgohimizdagi yotoqxonalarning aksariyati sovuq bo'lganligi uchun, ularni yangi isitgich jihozlari bilan taminlab bormoqdamiz. Birinchi galda qiladigan ishimiz avvalo bazani tamirdan chiqarish bilan boshlandi.
- Aytishlaricha “So'g'diyona”da hozir moddiy muammo bor ekan. Jamoaning yig'ini 6 yanvardan boshlangani ham shu bilan bog'liq ekanligi malum bo'ldi. Klub rahbari sifatida bunga nima deysiz?
- Jizzax viloyati hokimi futbolga katta etibor qaratadi. U kishi yaqinda bizga shunday topshirik berdiki, yangi mavsumga tayyorgarlikni havotirlarsiz boshlashimizni va moliyaviy muammolar bo'lmasligini alohida takidladi. Umid qilamanki, bu borada ortiqcha muammolarga duch kelmaymiz.
- Jamoaning bosh homiysi bormi? Agar bo'lsa tashkilotning nomi nima?
- Homiylar bor. Lekin ularning birortasini ajratib asosiysi deya olmayman. Viloyat hokimligi bir qator tashkilotlarni homiy sifatida klubga biriktirgan. Aynan shulardan kelib tushadigan mablag' evaziga chempionatda ishtirok etamiz.
- Nima deb o'ylaysiz, klub homiylardan kelib tushadigan pulga qaram bo'lmasligi uchun o'zini-o'zi qoplash maqsadida qandaydir biznes loyixalarni joriy etish payti kelmadimikin?
- Jizzaxda 200 gektar erimiz bor. U klubga tegishli. Bu yil chorvadorlikni yo'lga qo'yib, shu orqali klub hisob raqamiga pul tushumini yo'lga qo'ymoqchimiz. Dastlabki ish rejamiz shundan iborat. Bundan tashqari yana ayrim biznes-rejalarni ham ko'rib chiqamiz.
- Futbolchilarning o'zga klubga o'tib ketayotgani sizlarni ham havotirga solayotgan bo'lsa kerak?
- Bugungi kunda yig'inimizda to'rt nafar yangi futbolchilar ishtirok etmoqda. O'tgan yilgi tarkibimizdan esa olti nafari boshqa klub bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. Bu kabi o'tishlar har yili har bir jamoada bo'ladi. Bundan ortiqcha fojea yasash shart emas. Ketganlarning o'rnini boshqasi bilan to'ldirish mumkin. Lekin imkon qadar o'tgan yilgi asosiy tarkibning o'zagini saqlab qolishga harakat qilamiz.
- Klubning moddiy xolatidan kelib chiqib aytingchi, “So'g'diyona” joriy mavsumda yirik transferlarni amalga oshira oladimi?
- Yo'q, ochig'ini aytganda bunga imkoniyatimiz etmaydi. Vaziyatga real baho berish kerak. SHuning uchun ham bu narsa rejamizda yo'q. SHu o'rinda bir narsani aytib o'tmoqchiman, o'zini klubida zaxirada o'tirib qolgan yoki omadi yurishmagan futbolchilar har yili bizning jamoaga kelib, etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ladida va tabiiyki mahoratini oshiradi. Ammo keyinchalik ular boshqa klublarga o'tib ketishadi. Afsuski bu yil ham shu xolat kuzatilmoqda.
- Bunga chek qo'yish uchun uzoq yillik shartnomalarni joriy etish kerakdir balki?
- Bu birgina klubga bog'liq emas. Hozir hamma jamoada deryali bir yillik shartnoma imzolanmoqda. Futbolchiga 2-3 yillik bitim taklif etsangiz rozi bo'lmayapti. Ular faqat bir yillikka qo'l qo'yamiz deb turib oladi.
- Malumotlarga ko'ra, klubning legioner posboni Aleksandr Melenchuk bu yil ham “So'g'diyona”dagi faoliyatini davom ettirar ekan. Undan tashqari yana xorijlik futbolchilar ham taklif etiladimi?
- Hozircha legioner olishga extiyojimiz yo'q. Moddiy xolatimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, asosiy etiborni bu yil ham mahalliy futbolchilarga qaratamiz.
- Joriy yil “So'g'diyona” oldiga qanday vazifa qo'yilmoqda?
- Jamoamiz o'tgan yili turnir jadvalida 10-o'rinni egalladi. Nasib qilsa bu yil kuchli sakkizlikka kirishni maqsad qilganmiz.
- Ayni paytdagi tarkib bilan bunga erishishinglarga qanchalik ishonasiz?
- Agarda tarkibga yana qo'shimcha 4-5 nafar mahoratli futbolchi olsak, oldimizga qo'yilgan vazifani uddalay olamiz. CHunki o'tgan yili ikkinchi davrada yigitlar juda yaxshi o'yin ko'rsatishgandi. SHuning uchun chempionatni 10-o'rinda yakunladik. SHunday ekan hozirgi tarkib bilan ham sakkiztalikka kirish mumkin.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.

Fikrlar