So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  94 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Jamshid Iskanderov: “Hali ko'p ishlashim kerakligini yaxshi tushunaman” Yangiliklar

Jamshid Iskanderov: “Hali ko'p ishlashim kerakligini yaxshi tushunaman”

O'tgan mavsumda ishqibozlar tiliga tushgan Jamshid Iskanderov uchun 2013 yil katta ahamiyatga ega bo'lmoqda.
Undan kutilgan o'yinni namoyish qilayotgan hujumkor yarim himoyachi “Paxtakor”ning asosiy tarkibidan muqim o'rin egallashga erishdi. Osiyo CHempionlar ligasi, yoshlar terma jamoasi safida jahon chempionatida qatnashib, muhim tajriba to'plagan Jamshidni milliy terma jamoaga jalb etishdi. Bosh jamoada ham u hozircha yomon taassurot qoldirmayapti. Ushbu futbolchining faoliyati bilan muxlislarni yaqindan tanishtirish maqsadida Iskanderov bilan intervyu uyushtirdik. Uni etiboringizga havola etamiz.

Jamshid ISKANDEROV
Tug'ilgan sanasi
: 16 yanvar, 1993 yil
Tug'ilgan joyi: Xorazm
Ampluasi: hujumkor yarim himoyachi
Faoliyati: 2011 “Dinamo” 2 o'yin, 2011 “Paxtakor” 1 o'yin, 2012 “Paxtakor” 4 o'yin (1 gol), 2013 “Paxtakor” 17 o'yin.

OCHLda 6 uchrashuvda 1 to'p kiritgan. Yoshlar terma jamoasi safida 2013 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Milliy terma jamoa tarkibida 2 o'yinda maydonga tushgan.

JORIY MAVSUM
- Jamshid, avvalgi haftada milliy terma jamoa safida Vetnamga qarshi uchrashuvda ishtirok etdingiz. O'sha o'yindan qanday taassurotlar qoldi va harakatlaringizdan qoniqdingizmi?

- Vetnam bilan uchrashuv juda keskin o'tdi. Raqib himoyada harakat qilgani sababli ularning himoyasini yorib o'tish bizga katta qiyinchilik tug'dirdi. Lekin muxlislar ishonchini oqlash uchun intildik va ikkinchi bo'limda g'alabani qo'lga kiritdik. O'yinimga keladigan bo'lsam, harakatlarimdan qoniqish hosil qildim. Lekin hali o'z ustimda ko'p ishlashim kerakligini yaxshi bilaman. Yuqori saviyaga chiqish uchun ko'p ter to'kishim lozim. Buni yaxshi tushunaman.

- Milliy termadagi debyutni avvalroq, Iordaniyaga qarshi uchrashuvda nishonlagandingiz. Vetnam bilan bahsda esa Toshkentda birinchi marta maydonga tushdingiz. Bu o'yinlarda hayajon qanchalik tasirli bo'ldi?
- Albatta, hayajon har bir yosh futbolchida bo'lishi tabiiy hol. CHunki muxlislar ko'z o'ngida milliy terma jamoa sharafini himoya qilish hayajon keltirib chiqaradi. Lekin boshqa futbolchilar bizga yordam berib, o'yinga tez kirishib ketishimizga yordam berdi. O'sha kuni Rashidov ham zaxiradan maydonga tushirildi va ishonchli o'yin namoyish qildi. Qo'limizdan kelgancha terma jamoaga yordam berishga harakat qildik.

- Terma jamoaga kirishib ketish qiyin bo'lmadimi? Har holda, qisqa muddat ichida yoshlar terma jamoasidan milliygacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdingiz.
- To'g'risini aytsam, futbolchilar yoshlarni juda iliq qarshi olishdi. Terma jamoadagi muhit ajoyib holatda. Mashg'ulotlarda ham ular bizga yordam berishga intilishdi. Natijada nafaqat men, balki boshqa yosh o'yinchilar ham bu borada muammoga duch kelgani yo'q. Sergeev ham yoshlar termasidan milliy jamoaga chaqirilgandi. U o'z o'yinini ko'rsatishda qiynalgani yo'q. Bu esa muhit va futbolchilar o'rtasidagi munosabat iliq ekanligini isbotlaydi.

- O'tayotgan mavsumdan qanchalik qoniqyapsiz? Oldingizga qo'yilgan maqsadlarga erishdingizmi?

- Mavsum boshlanishidan avval “Paxtakor”ning asosiy tarkibidan o'rin olishni maqsad qilgandim. Murabbiylar menga ishonch bildirishdi hamda asta-sekinlik bilan bunga ko'nikish hosil qildim. So'ngra yoshlar terma jamoasi safida jahon chempionatida munosib ishtirok etishni niyat qilgandim. Yoshlar terma jamoasidan keyin o'z-o'zidan endi milliy terma jamoaga chaqiruv olishga erishmoqchi edim. Lekin buni shu yilning o'zida bo'lishini kutmagandim. Meni nafaqat yig'inga taklif qilishdi, balki ikki o'yinda maydonga tushishga ulgurdim. Ochig'i, bu men uchun kutilmagan hol bo'ldi.

- Osiyo CHempionlar ligasi va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati sizga tajriba to'plashda qanchalik yordam berdi?
- Har ikkisining o'z o'rni bor. CHempionlar ligasida kuchli klublarga qarshi o'ynadik. Ularning tarkibida yuqori saviyali legionerlar bor edi. Bu musobaqada to'plangan qimmatli tajriba menga jahon chempionatida katta yordam berdi. O'z kuchimga ishonchni hosil qilib, xotirjam to'p tepishimga zamin yaratdi. CHempionlar ligasidagi tajriba juda foydali bo'ldi deb ayta olaman. Bunday saviyadagi har bir uchrashuv yosh futbolchilarning o'sishiga imkoniyat yaratadi.

- “Paxtakor”da jamoaga qo'shilib ketishingizda muammolar bo'lmagandir?
- Albatta, chunki jamoamizdagi muhit ajoyib. Butun jamoa birlashib ketgan. SHu sababli yangi o'yinchilarning ko'nikib ketishida muammolar uchramaydi. Har doim bir-birimizga yordam berishga intilamiz. Hayotda ham, maydonda ham. Men uchun “Paxtakor”dan yaxshiroq klub yo'q. SHu erda o'sdim, akademiyada talim oldim va asosiy tarkibdan o'rin egalladim. Jamoada yoshlarga, klub tarbiyalanuvchilariga katta etibor beriladi.

- Hozir xorij klublaridan taklif tushsa, qanday qarorga kelardingiz? Qaror qilish o'zingizga bog'liq bo'lganda.

- Avvalambor, bunday holatda klub rahbariyati bilan maslahatlashgan holda yo'l tutaman. CHunki futbolchi sifatida shu erda tarbiyalandim. Qaror qabul qilish o'zimga qolsa, kamida yana bir mavsum “Paxtakor” uchun o'ynashni istardim. CHunki hali ko'p jihatlar borasida o'sishga erishishim lozim.

FUTBOLGA KIRIB KELISHI VA FAOLIYATI
- Futbolga kirib kelishingiz qanday kechgan?

- Barcha bolalar singari bolaligimdan to'p tepib yurardim. Keyinchalik tog'am Xorazmdagi futbol maktabiga etaklab borgan. Ushbu maskanga qabul qilishgach, Olim Davletov qo'l ostida tahsil olganman. SHu tariqa millionlar o'yiniga kirib kelishim boshlangan.

- “Paxtakor” akademiyasiga yo'l olishingiz qanday ro'y bergan?
- 2005 yilda Jizzaxda bo'lib o'tgan mamlakat miqyosidagi musobaqada ishtirok etgandik. O'shanda “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari Robert Gay boshchiligida qatnashishgan. O'sha bahsdan keyin men va Jaloliddin Masharipovni akademiyaga taklif etishgan. SHunday qilib, ikkimizning “Paxtakor”dagi kunlarimiz boshlangan. O'shandan buyon birgalikda tahsil olib keldik.

- Uydan olisda bo'lish qiyin bo'lgandir? Bunday yoshda oila davrasidan uzoqda bo'lish oson emas?
- Ha, qiyinchiliklar bo'lgan. Dastlabki kunlarda zerikib, oila azolarimizni juda sog'inib, yig'lagan paytlarimiz ham bo'lgan. Mana, o'sha davrlar o'tib ketdi. Endi Jalol bilan birgalikda asosiy tarkibdan o'rin egallashga intilyapmiz.

- Xorazmdagi futbol maktabiga hamon borib turasizmi?
- Ha, bolalarning mashg'ulotlarini kuzatgani borib turaman. Bazida uchrashuvlar tashkil etiladi. Bunday holatlarga ijobiy qarayman. CHunki o'zimiz o'sha maktabda tahsil olganmiz.

- Futbol maktabidan asosiy tarkibgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdingiz. Siz kabi futbol bilan shug'ullanayotgan yoshlarga nimani tavsiya etgan bo'lardingiz?
- Hali qandaydir maslahatlar berishga yoshlik qilaman. CHunki o'zim endigina katta futbolda o'ynashni boshladim. SHunga qaramay, mashg'ulotlarda bor kuchi bilan ishlagan, mehnat qilgan har bir futbolchi katta muvaffaqiyatlarga erishishini aytishim mumkin. Bunga amal qilishga intilaman.

- Jamoa mashg'ulotlaridan keyin ham alohida ishlaysizmi?
- O'zim alohida shug'ullanib, yanada yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman. Har bir futbolchi o'z kamchiliklarini yaxshi biladi va shunga yarasha mashg'ulotdan keyin alohida ishlashga intiladi. Futbolchilarning ham o'z rejimi bor. SHunga qarab turli xil mashqlarni bajaradi. Kimdir jismoniy tarafdan formasini ko'tarishga urinadi, kimdir esa boshqa turdagi mashqlar yordamida.

- Barchaning o'zi yoqtirgan futbolchilari bo'ladi. Siz ham kimlarning harakatlarini kuzatib, ulardan o'zingizga foydali taraflarni olishga intilasiz?
- Xorij chempionatlaridagi uchrashuvlarni kuzatib, mashhur futbolchilarning harakatlaridan bazi jihatlarni o'rganishga harakat qilaman. O'yin uslubi jihatidan menga “Manchester Siti”da o'ynayotgan David Silvaning uslubi maqul keladi. Bundan tashqari, “Barselona”da to'p tepadigan Xavi, Inesta va Messi uchligining o'yinlari yoqadi.

- Futbol asosiy qiziqishingiz ekanligi sir emas. Bundan tashqari, yana nimaga qiziqasiz?
- Do'stlarim bilan stol tennisi o'ynab turaman. Asosiy xobbim sifatida shuni ko'rsatishim mumkin. Mashg'ulotlardan bo'sh vaqt qolgan paytda ushbu sport turi bilan mashg'ul bo'lishim mumkin.

- Oilangizda boshqa sportchilar ham bormi?
- Yo'q, oilamda futbolchi yoki sportchilar yo'q. Hozircha faqat men futbol bilan shug'ullanaman.

- O'yinlardan keyin harakatlaringizni doimiy ravishda kuzatib, tanqid qilab boradigan inson kim?

- Odatda futbolchilar va murabbiylar bilan har bir bahsdan keyin holatlarni tahlil etib boramiz. Jamoa ichida bu narsalar bo'ladi. SHuningdek, yaqin do'stlarim ham bazi vaziyatlar borasida o'z fikrlarini bildirib o'tishadi. Bunday holatlar keyinchalik shunday xatolarni takrorlamaslikda asqotadi.

- Oliy ligada to'laqonli birinchi mavsumni o'tkazyapsiz. Muxlislarning stadionlarga tashrifi kamayib ketayotgani sababi nimada deb o'ylaysiz?
Futbolchilar ijrosidagi chiroyli harakatlar etarli emasligi to'g'rimi?
- Oliy ligada o'yinlar oson kechmoqda deb aytib bo'lmaydi. Lekin ishqibozlar stadionga ko'p kelmayotgan ekan, demak, hozirgi o'yinlar saviyasi ularga yoqmayapti. Agar shiddatli bahslar soni ko'paysa, ular asta-sekinlik bilan yana stadionlarni to'ldirishni boshlashadi. SHunga umid qilib qolaman.

- Yaqin kelajakda oldingizga qanday maqsadlar qo'yyapsiz?
- Birinchi navbatda “Paxtakor” bilan mamlakat chempionligini nishonlashni xohlardim. Bu bizning asosiy maqsadimiz. Muxlislarga katta xursandchilik ulashgan bo'lardik. SHuningdek, Osiyo CHempionlar ligasida chiroyli o'yin ko'rsatib, imkon qadar uzoqroq bosqichga etib borish va jamoamiz kuchini butun qitaga ko'rsatib qo'yish. Milliy terma jamoa bilan dastlab Osiyo Kubogi saralash bahslarini ijobiy tugatib olishni istardim. Keyin esa final bosqichida jamoaning yaxshi natijaga erishishiga yordam berish. Eng katta orzularimdan biri milliy terma jamao bilan jahon chempionatida ishtirok etish va kuchli terma jamoalaridan qatoridan munosib o'rin olish. Barcha futbolchilar bir jamoa sifatida birlashsa, ijobiy natijalarni qo'lga kiritishimiz mumkin.

- Jamshid, suhbat uchun rahmat. Kelajakda yanada yorqin o'yin ko'rsatib, jahonning etakchi klublari safida o'ynashingizni tilab qolamiz.
- Sizga ham tashakkur. O'z navbatida muxlislardan hamisha sevimli jamoalarini qo'llab turishni so'rayman. Futbolchilar ishqibozlar uchun o'ynashadi. Biz sizlarning ishonchingizni oqlashga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.


Behzod NAZAROV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика